Eng zoʻr interyerga ega 5 ta elektromobil

Elektromobil ishlab chiqaruvchilari uchun avtomobilning boshqarishga qulayligi, texnik sifati birinchi oʻrinda turadi. Bir qarashda boshqa avtomobillardan ajralib turuvchi elektromobillar, ekologik zararsiz va futuristik dizaynidan tashqari muhtasham salonga ham ega boʻlishadi.

Elektromobil tarixidagi eng yorqin modellar ularning texnik imkoniyatlari kecha paydo boʻlmaganini isbotlaydi. Biroq, ichki yonuv dvigatellari, mashina motori qanchalik ovozsiz boʻlmasin, tezlik oshgan paytida borligini “bildirib” turadi. Shu va boshqa kichik texnik “no”lar aslida haydovchi uchun muammo tugʻdirmaydi.

Boshqa tarafdan, elektromobillar allaqachon hashamat belgisiga aylanib borayotganini ham anglagan holda, ishlab chiqaruvchilar mashinalarning ichki dizayniga alohida yondashishmoqda.

BMW i7

BMW i7 — bu zamonaviy avtomobillar orasida eng hashamatli va “top” interyerga ega. Yuqori sifatli va qimmatbaho materiallar asosida ishlab chiqilgan avtomobil salonida boshqa mashinalarda uchratish qiyin boʻlgan hashamdor detallar ham mavjud.

Salon dizaynida bir qarashda yirik oynaga tushadi. Mazkur sensorli ekran mashina old kabinasini salkam toʻliq qamrab olgan. U koʻplab funksiyalarni bajarish bilan birga, salonning koʻrki ham hisoblanadi.

Mazkur ekran orqali siz avariya chiroqlarini (ular butun panelni toʻq qizil rang bilan yoritib turadi) yoqishingiz yoki sensorga birgina yengil tegish bilan eshikni ochishingiz mumkin. Bir qarashda ortiqcha dabdabasiz interyer mutlaqo qimmatbaho materiallardan ishlab chiqilgan. Oynavand old kabina kimningdir taʼbiga mos kelmasligi mumkin, lekin, tan olish kerakki, aynan mana shu detal mashina qiymatini ichkaridan namoyon etib turibdi.

Displey haydovchining oldidan HVAC boshqaruv elementlarigacha choʻzilib ketgan. Ammo bundan ham yaxshiroq jihoz – 31 dyuymli BMW Theater Screen maksimal hasham istovchilar uchun ayni muddao.

Orqa oʻrindiqlarning massaj funksiyasi esa, yorqin ekranda Amazon Fire TV tomosha qilayotgan avtomobil foydalanuvchisida ajoyib taassurot qoldiradi.

Bundan tashqari, mashinada “Teatr” rejimi ham bor boʻlib, bunda oynalar pardalari va panorama tuynuk yopiladi hamda oʻziga xos kinoteatr muhiti yaratiladi.

Mercedes-BenzEQS sedani

Mercedes-Benz EQS — navbatdagi ultra-lyuks EV nemis sedani. Bu model ham BMW kabi ulkan oynalari bilan eʼtiboringizni tortadi. Faqat Mersedesda 3 ta displey bor boʻlib ular haqli ravishda Hyperscreen deb ataladi.

Futuristik uslubdagi interyer shaydolari uchun eng yaxshisi hisoblangan Mersedes-Benz EQS saloni minimalistik hashamdor koʻrinishda ishlab chiqilgan.

Hyperscreen baʼzi displeylari salonda alohida ajralib turishi uchun OLED texnologiyasi bilan jihozlangan. ESQ sedanida har bir yoʻlovchi uchun alohida ekran joylangan boʻlib, aslida bu xususiyat koʻplab avtomobil modellari uchun standart hisoblanadi.

Orqa oʻrindiq displeyi orqali yoʻlovchilar radio, salon yorugʻligi kabilardan foydalanishi mumkin. Mazkur model shuningdek, AMG variantida ham ishlab chiqiladi.

Tesla Model S Plaid

S Plaid modeli tezligi bilan mashhur. 1 000 ot kuchi va soatiga 200 mil tezlikka ega mazkur Tesla modeli astoydil ishlab chiqilgan interyeri bilan mashina shaydolarida yuqori taassurot qoldirgan.

Tesla mashinalari interyeri sifati borasida bir necha marotaba tanqidga uchragani sir emas. Plaid ham bir nechta nozik taraflarga ega boʻlib, mijozlarning aytishiga koʻra, boshqaruv vilkasi (tutqichining) qoplamasi tez eskirib qolar ekan.

Agar Model S Plaid sotib olmoqchi boʻlsangiz, albatta vegan charmidan qilingan ultraoq saloni bilan tanishib chiqing. Uning rangi Tesla minimalistik uslubiga mutlaqo mos tushadi.

Futuristik detallar bilan bezalgan salon oq va qora ranglar uygʻunligida ishlangan boʻlib, mashinaning yirik ekranida siz bemalol oʻyin oʻynashingiz mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, Tesla futuristik hashamat borasida lider brend nomini oqlaydi.

Hummer EV

Yirik oʻlchamdagi elektromobillarni afzal koʻruvchilar uchun Hummer ayni muddao. Lunar Horizon uslubidagi ichki koʻrinishga ega model qulaylik va hashamdorlikni oʻzida uygʻunlashtira olgan.

Misol uchun, Hummer EV paneli (pol qismi) oy uslubiga xos koʻrinishdagi qoplama bilan oʻralgani uchun nafaqat ajoyib koʻrinishga ega, balki mashina sohibini oyoq ostiga toʻshaladigan gilamchalarni doimiy tozalab turish tashvishidan xalos etadi.

Boshqa jihatlarini koʻradigan boʻlsak, Hummerʼning dinamik panjaralari dizayni ham umumiy salon uslubiga uygʻun ravishda ishlangan.

Lucid Air (Musaffo havo)

Siz koʻrib turgan mazkur model Tesla Model Sʼning raqobatchisi hisoblanadi. Biroq Lucid Air va Tesla Model S mutlaqo turli interyerlarga ega.

“Musaffo havo” salonida iliq ranglardan foydalanilgan boʻlib, retro uslubiga yaqin koʻrinishga ega. Eshiklari ichki sahni sifatli mato qoplama bilan oʻralgan. Lucidʼda oxirgi zamonaviy modellarda yoʻqolib borayotgan bir qator elementlar bor, bularga konditsioner tezligini boshqarish knopkasi yoki radio ovozini sozlash tugmasini aytish mumkin.

Chunki avtomobilning sensorli boshqaruvdan iborat futuristik uslubdagi saloni qanchalik chiroyli koʻrinmasin, radio ovozini sozlash yoki ventilyatordan foydalanish uchun knopka eng yaxshi yechim hisoblanadi, sensorli boshqaruv bu borada juda ham noqulay.

Lucid Air dizaynining yana bir alohida ajralib turuvchi tarafi bu – oldingi oʻrindiqlari rangi va orqa oʻrindiqlari rangi boshqa-boshqa ekanligida.

Biz sizga oʻziga xos interyerga ega eng hashamdor elektromobillar beshligini taqdim etdik. Ularga baho berish sizdan. Keyingi maqolalarimizda elektromobillarning boshqa xususiyatlari haqida batafsil soʻz yuritamiz.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04