Tesla'ga asos boʻlgan ixtirolar — elektromobil sanoatining 5 ta yorqin modeli
Koʻpchiligimiz elektromobil atamasi bilan aynan Tesla Model 3 modelidan soʻng tanishdik. Biroq u ishlab chiqilgan ilk elektromobil emas. Garchi Tesla insoniyatga elektromobillar evolyutsiyasini bergan, boshqa “hamkasblari ichida oʻt yoqqan” boʻlsa-da, undan oldin ham oʻz turining chinakam vakillari boʻlgan modellar boʻlgan.
Quyida mazkur avtosanoat durdonalari bilan tanishamiz.
GM EV1
GM EV1 – “shevrole” ishlab chiqaruvchisi General Motors kompaniyasi tomonidan oʻtgan asrning oxirgi 4 yilligi davomida ishlab chiqarilgan. Tashqi koʻrinishi siz-u bizni hayratga solmasligi mumkin. Ammo avvaliga Impact concept-car, soʻngra sriyali model sifatida ishlab chiqarilgan EV1 favqulotda aerodinamikali harakatlangan.
EV1 ning assortimenti faqat qoʻrgʻoshinli akkumulyator batareyalari bilan cheklangan edi, garchi u keyinchalik NiMH batareyalari bilan taqdim qilingan va bu uning diapazonini sezilarli darajada kengaytirdi. EV1 shuningdek, oʻsha paytda juda ilgʻor texnologiya bo'lgan regenerativ tormozlarga ega edi.
EV1da hatto issiqlik nasoslari ham bor edi, ular mashinaning qishki yurish masofasini kengaytirish uchun juda muhimdir. Afsuski, bu yutuqlarning barchasi EV1 loyihasini saqlab qola olmadi va avtomobillar oxir-oqibat GMga qaytarildi (barcha EV1lar ijaraga berildi), koʻplari esa pachaqlanib yaroqsiz holga keltirilgan. Sabab esa oddiy – GM mazkur modellarni zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlay olmagani uchun ularni yoʻq qilib yuborgan.
Keyinchalik mazkur hodisa asosida film ham tasvirga olinadi, avto-qotil kompaniya ishi qoralanib chiqiladi.
Chevrolet S-10 EV.
Pikaplar deganda, Rivian brendi koʻz oldimizga kelishi mumkin, biroq General Motors ilk pikap mashinalarini ishlab chiqargan ilgʻor kompaniya hisoblangan. GM EV1 bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan mazkur model shrigi kabi manyovrligi zoʻr boʻlmagan.
Oddiy pikap dizayniga ega boʻlgan mazkur model quvvati uzoq yoʻl uchun chidamsiz boʻlgan, keyinchalik bu holat barataraf etilgan boʻlsa-da, boshqa pikaplarga taqqoslaganda masofasi qisqa boʻlgan. Shu kabi kamchiliklariga qaramasdan, Chevrolet S-10 EV oʻz davrining ilk pikaplaridan boʻlish bilan birga elektromobil ham boʻlgan.
Toyota RAV4 EB
Elektr yoʻltanlamaslar uzoq masofa uchun ajoyib yechim sifatida ayniqsa ommabop. Hozirda har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya albatta, elektr yoʻltanlamas ishlab chiqarishga intiladi. Chunki bir tarafdan elektromobillarni barchamiz istasak, boshqa tarafdan yoʻltanlamaslar istalgan yoʻllar uchun mos keladi.
Bu hozir. Lekin ungacha, oʻtgan asrning 90-yillarida Toyota RAV4 EV ishlab chiqildi. U RAV4 ning unchalik estetik boʻlmagan koʻrinishiga qaramasdan, oʻz davridan ancha ilgarilab ketgan texnologik moʻjiza hisoblanadi. EPA yoqilgʻi tejash veb-sayti 2000 RAV4 EV ning umumiy masofasini 88 milya deb baholagan.
Ajablanarlisi shundaki, bu raqam unchalik yomon emas, ayniqsa, mazkur elektromobilning 20 yoshdan oshganini hisobga olsak. Agar siz shaharda yashasangiz, ushbu elektromobildan kundalik transport sifatida foydalanishingiz mumkin. Bu eng tez mashina bo'lmasligi mumkin, lekin u sizni kerakli joyga olib boradi.
BMW E1
BMW E1 1990-yillarning boshlarida BMW kompaniyasining inqilobiy yangiligi boʻlgan. BMW kontseptsiyaning ikkita versiyasini ishlab chiqqan, ularning har ikkalasi ham turli uslubda. Hozirgi BMW i3 elektr xetchbeki BMWning asl mitti elektrokaridan ilhomlanib qilingan.
i3 ham, original E1 ham yengil hamda ixchamlikka asoslanib ishlab chiqilgan boʻlib, vaznini kichraytirish maqsadida alyuminiy konstruksiya va korpusida koʻp miqdorda plastik ishlatilgan.
Oʻzining 45 ot kuchiga ega elektr motori bilan E1 ni eng yaxshi ishlab chiqarishga ega elektr transport vositalar roʻyxatiga kirita olmas edik, lekin u ham oʻz davrining novatori boʻlgan.
Shuningdek, u taxminan 150 milya masofani bosib oʻtish bilan ilgʻorligini isbotladi. Oʻsha davrdagi elektromobil, ayniqsa, oʻsha paytdagi akkumulyator texnologiyasi bilan bunday uzoq masofani bosib oʻtishi deyarli tasavvurga sigʻmagan.
Mazkur modelning maksimal yengil ishlab chiqarishga e’tibor berilgani hozirgi elektromobillar uchun yaxshi namuna boʻladi. Shuningdek, E1 zamonasiga nisbatan anchayin ilgʻor texnologik koʻrinishga ega boʻlgan, yon tarafdan esa, Tesla Model X’ning kichik variantini eslatadi.
GM Sunraycer
Agar siz ushbu roʻyxatdagi boshqa mashinalarni oʻsha paytda inqilobiy deb oʻylagan boʻlsangiz, unda ularning GM Sunraycer bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Yapaloq shakldagi bu avtomobil GM va AeroVironment tomonidan 1987-yilda Avstraliya quyoshli avtomobillar poygasi uchun ishlab chiqarilgan poyga mashinasi edi.
Ha, siz toʻgʻri oʻqidingiz, 1987-yil. Bu butunlay qayta tiklanadigan energiya manbai bilan ishlaydigan 80-yillar elektromobili. Sunrayser General Motors’ning birinchi elektr avtomobili, yuqorida tilga olingan EV1 uchun asos boʻlgan.
AeroVironment, GM bilan birga, EV1 ni ishlab chiqaradigan Impact prototipi paydo boʻlishiga turtki boʻlgan. Sunraycer juda aerodinamik va energiya tejamkor boʻlib, quyosh panellari silliq korpusiga chiroyli tarzda oʻrnatilgan edi.
Garchi mazkur model boshqa poyga mashinalari kabi uzoq masofaga yurolmasa ham, 80-yillarda quyosh energiyasi bilan yurishining oʻzi juda katta innovatsiya hisoblangan. Quyosh energiyasidan deyarli barcha sohada foydalanilayotgan bugungi zamonda avtomobil sanoatining bundan imkoniyatdan foydalana olmayotgani qaysidir ma’noda uyatli.
Mazkur avtomobil durdonalari taqdiri ishlab chiqarilganidan bir muddat oʻtib toʻxtadi, ba’zilari yoʻqotildi. Zamonasi uchun mo’jizaviy funksiyalarga ega bu modellar ustida o’tgan 30 yil davomida ishlab borilganida, balki bugun avtomobil sanoatida bir emas yuzlab ixtirolarga asos boʻlgan boʻlarmidi?