OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.

2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.

OpenAI bosh texnologiya direktori Muri Murati, GPT-4o modeli GPT-4 darajasidagi aqlni taqdim etib, matn, tasvir va ovozli ma’lumotlarni qayta ishlashda yanada rivojlanganligini ta’kidladi.

“GPT-4o ovoz, matn va vizual ma’lumotlarni birlashtirib xulosa chiqarishi mumkin”, dedi Murati OpenAI bosh ofisida bo‘lib o‘tgan nutqida. GPT-4 modeli oldindan aralash tasvir va matn ma’lumotlarini qayta ishlashga qodir edi, ammo GPT-4o modeliga ovozli qayta ishlash qobiliyati qo‘shildi.

GPT-4o modeli tezroq ishlaydi va yangi texnologiyalar bilan ovozli suhbatni osonlashtiradi. Oldingi versiyalarda kechikishlar tufayli suhbatning realistikligi pasaygan edi. GPT-4o yangi texnologiya yordamida tezkor javoblar bera oladi.

Tadbirda GPT-4o savollarga deyarli bir zumda javob berdi va matndan ovozga aylantirish funksiyasi orqali ovoz chiqarib o‘qidi, bu esa suhbatni tabiiyroq qildi.

Yana bir namoyishda GPT-4o talab bo‘yicha ovoz tonini o‘zgartirdi, ovozni buyruqlarga ko‘ra dramatik yoki mexanik qilib ko‘rsatdi. Shuningdek, GPT-4o qo‘shiq aytish qobiliyati ham namoyish etildi.

Oldinroq OpenAI yangi ChatGPT modellari uchun pullik foydalanishni joriy qilgan edi, lekin GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi, pullik foydalanuvchilar esa besh baravar ko‘proq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Umumiy xulosamiz:

  • GPT-4 asosiy versiyasidan tezroq va samaraliroq ishlaydi
  • Matn, ovoz va videoni bir vaqtda qayta ishlay oladi
  • Oldingi versiyalardan ko'ra ancha yaxshi kod yozadi
  • 50 ta tilni biladi
  • Yaratilgan personajlarni eslab qoladi
  • Ikki to‘liq kitob hajmidagi kontekstni qayta ishlay oladi
  • Neyron tarmoq barcha foydalanuvchilar uchun bepul
  • Yangi sun'iy intellektni chat.openai.com saytida sinab ko‘rish mumkin

Bundan tashqari, OpenAI ChatGPT ning Desktop stoli versiyasini va yangi foydalanuvchi interfeysini ham chiqardi. “Biz bu modellarning murakkablashayotganini angladik,” dedi Murati, “lekin foydalanuvchilar interfeysga e’tibor bermasdan, model bilan hamkorlikka diqqatini qaratishlarini xohlaymiz.”

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47