OpenAI Mac uchun ChatGPT ilovasini ishga tushirdi.

Yil oxirida Windows uchun versiyasi ham chiqariladi.

OpenAI nihoyat ChatGPT ning kompyuter (Desktop) versiyasini chiqardi. Kompaniya rasmiy e’lonida: “Bugundan boshlab biz avval Plus foydalanuvchilari uchun macOS ilovasini chiqaramiz va yaqin haftalarda kengroq foydalanuvchilarga ochamiz. Shuningdek, yil oxirida Windows versiyasini ham chiqarishni rejalashtirmoqdamiz”, dedi.

OpenAI, shuningdek, ChatGPT optimallashtirilgan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lishini ma’lum qildi. OpenAI’ning namoyishi shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilar minimallashtirilgan oynadagi ChatGPT Desktop ilovasini boshqa dasturlar bilan yonma-yon ochishlari mumkin. Foydalanuvchilar ekranda ko‘rsatilgan kontentga savollarni matn yoki ovoz orqali berishlari mumkin, ChatGPT esa ko‘rgan narsasiga asoslanib javob beradi.

OpenAI aytishicha, foydalanuvchilar ChatGPT'ga Option + bo‘shliq tugmasi orqali savol berishlari va ilova ichida skrinshotlarni olish va muhokama qilishlari mumkin. Yangi ilova bepul va pullik foydalanuvchilarga taqdim etiladi, lekin bugundan boshlab boshlanadigan test bosqichi faqat ChatGPT Plus foydalanuvchilari uchun bo‘lib, “kelgusi haftalarda” kengroq foydalanuvchilarga ochiladi. OpenAI yil oxirida Windows uchun versiyasini chiqarishni rejalashtirmoqda. Hozirda ChatGPT iOS va Android ilovalariga ega.

Shuningdek, Biz ChatGPT'ning yangi veb-interfeysini yangi versiyasini skrinshotlarini ko'rdik, unda bosh sahifa va xabarlar tartibi biroz o‘zgargani ko‘rinadi. “Biz bu modellarning tobora murakkablashayotganini bilamiz,” dedi Murati, “lekin biz interaktiv tajribaning tabiiy, qulay bo‘lishini istaymiz, foydalanuvchilar e’tiborini interfeysga emas, ChatGPT bilan hamkorlikka qaratishlarini istaymiz.”

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51