Xuddi haqiqiyga oʻxshaydi: Midjourney V6 yangi versiyasi taqdim etildi

Neyron tarmogʻining yangi versiyasi haqiqatan ham ajoyib. Endilikda generatsiya qilingan tasvirlarni haqiqiy fotosuratlardan ajratish juda ham qiyin.

Ajinlar, chiziqlar, qizil koʻzlar, terining tuzilishi — shu paytgacha inson tasvirini aks ettirishda pand berib kelgan xatoliklar Midjourney yangilangan versiyasida toʻgʻrilangan.

Midjourney V6 oldingi versiyadan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi:

• Tasvirning yuqori aniqligi: Midjourney v6 maksimal ruxsati 2048×2048 piksel boʻlib, bu oldingi versiyadan deyarli ikki baravar yuqori.

• Tabiiy tilni qayta ishlash yaxshilandi: Midjourney 6 matnli soʻrov hamda buyruqlarni yanada yaxshiroq tushunib, tavsiflaringiz asosida aniqroq va real tasvirlarni yaratish imkonini beradi.

• Variantlarning koʻproq mos kelishi: Midjourney V6 tasvirlarni soʻrovga yanada moslashtirishga imkon berishi kerak edi, masalan, yaratilgan tasvirlarning rangi, uslubi yoki burchaklarini oʻzgartirish kabi.

• “Reallashgan” qoʻllar: Qoʻllar — sunʼiy intellektning eng nozik joyi edi. Shu kungacha ijtimoiy tarmoqlarda ham AI tasvirlaridagi inson qoʻllari koʻrinishi ozmuncha muhokamaga sabab boʻlmagandi. Endilikda qoʻllar tasviri haqiqiy koʻrinish olishi vaʼda qilinmoqda.

• 3D modellar: Midjourney 6da endi 3D modellarni yaratishi mumkin, bu esa ijodkorlar uchun butunlay yangi imkoniyatlarni ochadi.

Midjourney 6 ham oldingi versiyalarga qaraganda tezroq va ishonchli. Bunda soʻrov natijasi generatsiya boʻlishiga oldingidanda kamroq vaqt sarflanishi mumkinligini anglatadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17
Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45