Xiaomi simsiz aqlli elektrotozalagichni taqdim etdi

Xiaomi'dan yangi tozalash gadjeti — vertikal elektroshvabra. Unda oʻzini-oʻzi tozalash tizimi va ifloslanish darajasini baholash uchun sensor oʻrnatilgan.

Xiaomi

Aylanadigan choʻtka uchun oʻzini-oʻzi tozalash tizimi mavjud. Shvabrani zaryadlash stantsiyasiga ulaganingizda u avtomatik ravishda ishga tushadi. Ikki daqiqada choʻtka inson aralashuvisiz tozalanadi va quritiladi. Gadjet uchta rejimda ishlaydi: quruq tozalash, nam tozalash va quritish.

Xiaomi
Xiaomi

4000 mA/soat quvvatga ega batareya yordamida gadjet bir zaryadda 40 daqiqa ishlaydi — ishlab chiqaruvchining soʻzlariga koʻra, bu butun uyni tozalash uchun yetarli. Toza suv uchun moʻljallangan idishning hajmi 780 ml, ishlatilgan suv uchun — 550 ml.

Xiaomi
Xiaomi

Mijia Wireless Floor Sweeping Machine 2 Lite 1999 yuanga (kurs boʻyicha 3 333 272 soʻm) baholandi. 15-mart kuni qurilma Xiaomi Youpin kraudfandingida 1749 yuan (kurs boʻyicha 2 916 405 soʻm) arzonlashtirilgan narxda sotiladi, aksiya 22-martda tugaydi. Ayni vaqtda yangi gadjetni ochiq sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47