Xiaomiʼning yangi robotlari inson bilan suhbatlashadi, his qiladi va hatto gul beradi

Xiaomi bosh direktori Ley Jun, Mobile World Congress (MWC)-2023 koʻrgazmasida ishtirok etishga tayyorlanayotganini maʼlum qildi. Koʻrgazmada insondagi 45 hissiyotni aniqlay oladigan CyberOne va CyberDog robotlari ham namoyish qilinadi.

Twitter

27-fevraldan 2-martgacha boʻlib oʻtadigan MWC-2023 koʻrgazmasiga Xiaomi robotlarini olib bormoqchi. Demak Xiaomi oʻz robotlarini global bozorga chiqarishga tayyorlamoqda.

CyberDog robot-it boʻlib, Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotining oʻziga xos analogidir. U egasining koʻrsatmalariga amal qilishi va turli vazifalarni bajarishi mumkin. Spot bilan solishtirganda, CyberDog yengilroq (Spot - 5,2 kg, CyberDog esa 3 kg) va tezroq (Spot - sekundiga 1,6 metr, CyberDog - sekundiga 3 metr).

Boston Dynamics roboti harbiy, sogʻliqni saqlash va togʻ-kon sanoati kabi sohalarda asqatadigan ilovalarga ega. Ammo Xiaomi o‘z robotini biznes uchun foydali qilish niyati bormi yoki yoʻq bu noaniq. Uni to‘rt oyoqli do‘stingizga ko‘proq o‘xshatish uchun unda ovozli yordamchi, yuzni tanish va inson o‘rnini aniqlash kabi texnologiyalar mavjud. CyberDog uchta USB-C porti va lidar sensorlari, panoramali kameralar va projektorlarni ulash uchun HDMI portiga ega.

Ma’lumotlarga koʻra, 2021-yilda Xiaomi Xitoyda atigi 1 000 dona robotni sotuvga chiqargan (1542$). Kompaniya, shuningdek, ushbu itdan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish uchun ochiq kodli dasturchilar hamjamiyatini ishga tushirgan edi.

CyberOne esa antropomorfik robot hisoblanadi. U navigatsiya uchun mashinani koʻrish tizimiga ega, robotning maksimal tezligi 3,6 km/soat. Robotning bo‘yi 177 sm, og‘irligi esa 52 kg. Tanasi qora va oq rangda qilingan. Robot odam bilan suhbat chog‘ida insonning 45 ta hissiyotini aniqlay oladi. Bundan tashqari u gul berishni ham biladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47