Xiaomi Mi Band 8 fitnes brasleti qoyilmaqom zarba berishni oʻrgatadi

Yangi taqdim etiladigan Xiaomi Mi Band 8 fitnes trekeri qiziqarli 2 ta funksiyaga ega: biri “interaktiv boks rejimi” boʻlsa, ikkinchisi yugurganda batafsil statistikani hisoblab boradi.

“Interaktiv boks rejimi” qoʻllarning holatini, zarba kuchi, tezligi va boks mashgʻulotlarida muhim boʻlgan boshqa maʼlumotlarni baholaydi. Ikkinchi rejim esa yugurish statistikasi uchun moʻljallangan. Rasmda bilaguzukning toʻgʻridan-toʻgʻri krossovkaning bogʻichiga mahkamlanishi koʻrsatilgan, maʼlum qilinishicha, qurilma nafaqat qadamlar soni va tezligi kabi standart parametrlarni, balki, qadam uzunligi yoki yerga tegish zarbasini ham kuzatishi mumkin. Bu maʼlumotlarning barchasi tahlil qilinadi va braslet egasiga tegishli tavsiyalarni beradi.

Eslatib oʻtamiz, Xiaomi Mi Band 8 ning rasmiy premyerasi kelgusi haftada boʻlib oʻtadi. 18-aprel kuni Smart Band 8 brasleti Xiaomi 13 Ultra smartfoni, Xiaomi Pad 6 va Pad 6 Pro planshetlari bilan birga taqdim etiladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56