Xiaomi 22 soatlik batareya quvvatiga ega aqlli audio koʻzoynaklarni taqdim etdi

Xiaomi Mijia nafaqat ko‘rish, balki eshitish va hatto gaplashish uchun mo‘ljallangan. Uning bir martalik olingan quvvati bilan yetti soatgacha uzluksiz gaplashish yoki oʻn soat musiqa tinglash mumkin.

Xiaomi Mijia aqlli audio koʻzoynaklarini kraudfandingda (loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun donat qilish platformasi) 12-apreldan 26-aprelgacha 116 dollar (799 yuan) narxda sotib olish mumkin. Koʻzoynaklar zamonaviy va ergonomik boʻlib, ogʻirligi atigi 38,1 g.

Koʻzoynaklar ochiq ovoz maydoni, qoʻngʻiroqlar paytida shovqinni yoʻqotish, batareyaning uzoq ishlash muddati, ikkita qurilmaga ulanishi va ikkala tomondan ultra-uzoq teginish xususiyatlariga ega. Koʻzoynak ovozni sifatli yetkazib berishi uchun 128 mm2 ultra-dinamik balans bloki, SBS2.0 ikki tomonlama balansga ega konstruksiya va tashqi muhit ovozi algoritmidan foydalanadi.

Qurilma, shuningdek, qoʻngʻiroq effektini aqlli ravishda kuchaytiradigan, tembrni tiklaydigan va ovozni tiniq yetkazib berishni taʼminlaydigan ikki mikrofonli AI qoʻngʻiroq shovqinini kamaytirish algoritmiga ega.

Mijia aqlli audio koʻzoynaklari avtomatik ikkita qurilmaga, misol uchun, Bluetooth orqali ulanadi. Shuningdek, ular IP54 chang va suvga chidamlilik kabi xususiyatlarga ega.

Manba: ITHome

Avvalroq Xiaomi 100 dollarlik Poco C51 smartfoni tez kunlarda sotuvga chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23