Wikipedia rahbari ChatGPT’ga ish taklifi bilan chiqmoqchi

Wikipedia asoschisi Jimmi Uels OpenAI’ning GPT tili modelini oʻzining ensiklopediya jamoasidagi yangi bir xodim sifatida koʻrayotganini aytdi.

Sunʼiy intellekt katta ehtimol bilan Wikipediaʼdagi xatoliklarni izlash va hali chiqarilmagan foydali maqolalarni yozish uchun kerak boʻlmoqda, ma’lum qilgan u London Evening Standard nashriga bergan intervyusida.

Uelsning taʼkidlashicha, ChatGPT kabi til modellari (LLM) xato va fantaziyalarga beriluvchan, ammo dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bu texnologiyalarga bir yilda 1250 dollar sarflab Wikipediyaʼdagi jami maqolalar sonini uch baravarga oshirsa bo‘lar ekan.

Shuningdek, AI Internetdagi maʼlumotlardan foydalangan holda hali tugallanmagan sahifalarni oxiriga yetkazib qoʻyishi yoki bir-biriga zid boʻlgan qismlarni qidirishi mumkin.

Jimmi Ueysning aytishicha, Wikipediaʼning butun mohiyati eng ishonchli va aniq maʼlumotlarni taqdim etishdan iborat. Sunʼiy intellekt loyihalarida esa aynan mana shu narsa eng nozik taraf boʻlib kelmoqda ekan. Lekin vaqt o‘tgan sari GPT asosidagi loyihalarning juda tez suratlarda rivojlanib borishi bilan tez orada bu muammodan ham xalos bo‘lishiga umid qilish mumkin.

Avvalroq Giglink.uz internet foydalanuvchisi ChatGPT’ni osonlikcha “chuv tushirgani” haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56