Toshkentda Huawei Experience Store ochildi

Xitoyning Huawei telekommunikatsiya kompaniyasi 6-may, dushanba kuni rasmiy Huawei Experience Store do‘konini ochdi.

Savdo shoxobchasi kompaniyaning Toshkentdagi ofisida Afrosiyob ko‘chasi 28/14-uyda joylashgan. Do‘kon yangilangan ko‘rgazma zalining bir qismi bo‘lib, unda kompaniya mahsulotlari – elektronika, smartfonlar taqdim etiladi.

Ochilish marosimida Huawei Uzbekistan bosh direktori Chen Jiakay yangi do‘kon raqamli O‘zbekiston Respublikasini barpo etish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘lishini aytdi.

Huawei kompaniyasi 1987 yilning kuzida tashkil etilgan. Kompaniya maishiy elektronika - smartfonlar, naushniklar, telekommunikatsiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaradi. 2023 yil oxirida kompaniyaning sof foydasi 12,3 milliard dollarga yetdi, operatsion foyda 14,7 milliard dollardan oshdi.

Ta’kidlash joizki, kompaniya O‘zbekistonda 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25