Sunʼiy intellekt insoniyat uchun yangi xavfmi?

Agar Byuro bergan maʼlumotlar toʻgʻri boʻlib chiqadigan boʻlsa, bizni kelajakda xakerlar va ularning chatbotlar bilan ishlaydigan zararli dasturlarga qarshi kurash davri kutishi mumkin.

Amerika Federal Qidiruv Byurosi (FQB)ChatGPT kabi sunʼiy intellektlarning salbiy oqibatlarini aniqladi. Xakerlar ulardan zararli kodlarni yaratishda foydalanmoqda, bu esa kiberjinoyat xavfini yanada ortishiga sabab boʻladi. Byuro sunʼiy intellektlarda mayda firibgarliklardan tortib, terroristik kimyoviy qurollargacha boʻlgan manbalar saqlanishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra, sunʼiy intellektni turli modellari kun sayin ortib borsa, bu yanada yangi muammolarga olib keladi.

Firibgarlar doimiy jinoiy faoliyatlarini ular orqali amalga oshirmoqda. Hozirda sunʼiy intellektning ovoz generatorlari bilan foydalanib yosh va qari insonlarni chuv tushirish holatlari kuzatilmoqda. Federal Qidiruv Byurosining ushbu masala boʻyicha pozitsiyasi baʼzi kibermutaxassislardan mutlaqo farq qiladi.

Ular sunʼiy intellekt boʻyicha chatbotlar tahdidi boʻrttirilayotganligi, xakerlarning katta qismi, asosan, mavjud manbalardan kerakli kodlarni olishlari haqida aytishdi.

Xususan, firibgarlarning katta qismi “havaskor dasturchilar” boʻlib, ular chatbotlarning zararli dasturlarga qarshi toʻsiqlarni yengadigan darajada “yetarli bilimga” ega emas. Uddalaganlarining ham chatbotlar yordamida yasagan zararli kodlarining sifat darajasi ancha past ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

"Bu fikrlar yuqoridagi maʼlumotlariga qarshi boʻlib, qaysi tomon eng maqbul ekanligini aniqlashimiz lozim", FQB.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10