Sony ULT Wear quloqchinlari AirPods’dan ham yaxshiroqmi?

Sony kompaniyasining 200 dollarlik ULT Wear quloqchinlari yaxshilangan ovoz sifati va shovqinni oʻchirish funksiyalari bilan kuchaytirilgan.

Afzalliklari

  • Yengil va qulay
  • Yaxshilangan ovoz sifati va shovqinni kamaytirish
  • Yangilangan mikrofonlar
  • Tezkor fokus rejimi

Kamchiliklari

  • Bass, ayniqsa, ULT tugmasi yoqilgan boʻlsa, biroz chayqalishi mumkin.
  • USB-C audio yoʻq

Sony yillar davomida oʻzining audio mahsulotlarining nomlash sxemasi, ayniqsa quloqchinlari uchun tanqidga uchrab kelgan. Masalan, mazkur shovqinni bekor qiluvchi minigarnituralar WH-1000XM5 deb ataladi. Xoʻp, bu kabi harf va raqamlardan iborat nom balki mutaxassislar esida qolishi mumkin, ammo oddiy mijoz bunday nomdagi modellarni farqlash tugul nomlanishi ham eslab qolmasligi aniq.

Buni anglagan Sony yangi ULT Tower va Field Bluetooth dinamiklarini, shuningdek, 200 dollarga sotiladigan yangi ULT Wear minigarnituralarini oʻz ichiga olgan ULT Power Sound seriyasini chiqardi.

WH-XB910N Extra Bass minigarnituralarining haqiqiy vorisi

Qurilmaning ULT deb nomlanishi Ultimate soʻzining qisqartmasi yoki Sony taʼriflaganidek, “Portativ audio mahsulotlarining evolyutsiyasidagi yakuniy qadam” (The ultimate step into the evolution of its portable audio products”) maʼnosini anglatadi.

Ammo umuman olganda, Sony quloqchinlarini farqlash uchun ozroq diqqat qilish yetarli. Chunki minigarnituralar standart Sony model raqami — WH-ULT900N bilan birga keladi.

ULT Wear tashqi koʻrinishi boʻyicha WH-XB910 ga oʻxshaydi, lekin Sony bosh tasmasini ingichkaroq va quvursimonroq qilib oʻzgartirdi, shuning uchun estetik jihatdan u WH-1000XM5 modeliga ham tortib ketadi.

Ularning ogʻirligi 255 gramm. Bundan tashqari, oʻzidan oldingi kabi, ULT Wear sifatli soʻmkachasi bilan birga keladi.

Quloqchinlarda oldinga surish musiqani oldinga, orqaga surish orqali trekni oʻtkazib yuborish mumkin; yuqoriga va pastga surish ovoz balandligini oshiradi yoki pasaytiradi. Model ranglariga kelsak, oq, qora va oʻrmon yashil rangida chiqarilgan.

Ular minigarnituralar uchun eng yaxshi sensorli boshqaruv vositalariga ega, shuningdek, Apple shaffoflik rejimiga oʻxshash shovqinni bekor qilish va atrof-muhitni boshqarish rejimi oʻrtasida almashish uchun maxsus tugma ham bor. Biroq, Apple shaffoflik rejimidan farqli oʻlaroq, siz iOS va Android uchun Sony Headphones ilovasida atrof-muhitga oid xabardorlik darajasini sozlashingiz mumkin. Bu oʻrtacha sozlamalarda eng tabiiy eshitiladi va eng yuqori sozlamalarda biroz kuchayadi.

ULT Wear muhim yangilanishlari

Eshitish vositalarida yana bir qancha muhim yangilanishlar mavjud, jumladan, Sony yanada chuqurroq bassni taʼminlaydigan yangi 40 mm drayverlar bilan kuchaytirilgan. Quloq yostiqchalari kattaroq quloqlar uchun kengroq teshikka ega va umuman olganda, biroz qulayroq ishlangan. Shuningdek, shovqinni bekor qilish ish faoliyatini yaxshilaydigan Sony V1 chipini va quloqchinlarni boshingizdan olib qoʻyganingizda ovozni toʻxtatib qoʻyadigan va ularni qayta taqqaningizda tinglashni davom ettiradigan quloqni aniqlash sensorlari ham eʼtiborga sazovor.

Endi shovqinni bekor qilish yoqilgan holda ishlash vaqti 30 soatgacha va u oʻchirilgan holda 50 soatgacha. Tez zaryadlash funksiyasi uch daqiqalik quvvatda 90 daqiqa yoki 10 daqiqalik quvvat bilan besh soat davomida ijro etish imkonini beradi.

Audioga kelsak, SBC, AAC va LDAC avvaldan mavjud, LC3 va LE Audio esa kelajakda mikrodastur yangilanishi bilan birga taqdim etiladi (tezroq maʼlumotlarni uzatish tezligini taklif qiluvchi LDAC koʻpgina Android qurilmalarida qoʻllab-quvvatlanadi, lekin Apple qurilmalari uchun ishlamaydi). Shuningdek, Sony 360 Audio-ning fazoviy audio funksiyasi va Bluetooth bilan ishlash uchun moʻljallangan xususiyati tufayli bir vaqtning oʻzida ikkita qurilmani sinxronlashtirish, yaʼni ulash mumkin. Aytaylik, naushniklarni bir vaqtni oʻzida 2 ta qurilmaga ulasa boʻladi.

Nihoyat, Sonyʼning mashhur Tezkor Diqqat funksiyasi qaytdi. Musiqa tovushini pasaytirish uchun qoʻlingizni oʻng quloqchaga qoʻying va naushniklar shovqinni bekor qilish rejimidan atrofdagi tovush rejimiga avtomatik ravishda oʻtadi, shunda siz atrofingizda nimalar boʻlayotganini eshitishingiz va gaplashishingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, siz WH-1000XM5 flagmanidagi koʻp afzalliklarni ULT Wear modelida arzonroq narxga olasiz.

Eshitish vositalarining batareya quvvati ham yaxshi. 

Afsuski, ULT Wear, XM5 kabi, USB-C audioga ega emas (siz USB-C zaryadlash porti orqali audio ulasha olmaysiz). Bunda standart 3,5 mm portga ega simli opsiya mavjud, ammo Sony oʻz minigarnituralariga USB-C audio qoʻshsa yanada yaxshi boʻlar edi.

ULT Wear ovoz sifati reytingi

Ushbu minigarnituralar dinamik ovoz bosimi va chuqur bassni yetkazib beroladi. Baʼzilarning fikricha, qurilma 30 mm drayverlarga ega XM5 XM4ʼlar bilan solishtirganda yetarlicha bass zarbasini taʼminlamaydi deb oʻylashar ham ekan. Ammo asl farqni oʻzingiz solishtirib koʻrib, ULT Wear foydasiga sezasiz.

ULT Wear shovqinni bekor qilishda barcha fon shovqinlarini yoʻq qila olmaydi — juda shovqin koʻchalarda bass biroz sustroq boʻladi. Ammo tinchroq muhitda quloqchinlar koʻnglingizdagi qulaylikni beradi.

Ovozli qoʻngʻiroqlar bilan ishlash ham sezilarli yaxshilangan.

Telefon qoʻngʻiroqlarining ishlashiga kelsak, u XB910N modelidagidan ham yaxshi, deb baholanmoqda. Biroq baʼzi foydalanuvchilar qoʻngʻiroq paytida suhbatlashganda suhbatdoshining ovozi toʻxtatishi bilan fon shovqinini eshitayotganlarini aytishgan boʻlsa-da, oʻzaro suhbat jarayonida har ikki taraf ovozi tiniq yetkazib berilgan.

Sony ULT Wear haqida xulosa

Bu Sonyʼning shovqinni bartaraf etuvchi minigarnituralar qatoriga yana bir yangi qurilma boʻldi. WH-1000XM5 va CH-720N flagmanlarining ikkalasi ham stabil ovozga ega, lekin ULT Wear nafaqat avvalgisiga qaraganda yaxshilangan ovoz sifatini, balki shovqinni oʻchirish hamda ovozli qoʻngʻiroqlar sifatini ham kafolatlaydi. Bundan tashqari, ULT Wear oldingi XB910N modelidan 50$ arzonroq, yaʼni 200 dollarga sotuvga chiqarishgan.

Demak, agar shu narx oraligʻidagi qurilmalardan Sennheiser Accentum Plus ($230) va JBL Live 770NC ($200) bilan solishtiradigan boʻlsak, Sony mahsuloti qulayroq va turli taraflama biroz stabilroq ishlaydi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04