Sony oʻzining 2023 yildagi yangi televizorlar liniyasini eʼlon qildi
Asosiy oʻzgarish QD-OLED ekranida va XR Clear Image deb nomlangan funksiya qoʻshilgan, bu rasm sozlamalarini manba sifatiga qarab mos keltiradi.
Har doimgidek, tasvirni yaxshi yetkazib berish Sony televizorlarining portfoliosida asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida joylashtirilgan. Uning Kognitiv XR protsessorining murakkab tasvirlar bilan ishlash boʻyicha ustunligi raqobatchilardan ajratib turadi. Bu yilgi yangilik — XR Clear Image deb nomlangan funksiya, bu rasm sozlamalarini manba sifatiga qarab mos keltiradigan funksiya. Masalan 4K videoni UHD Bluray diski orqali koʻrsangiz ham televizor sizga tasvirni kichraytirmay toʻliq sifat bilan yetkazib beradi.
Ammo Sonyʼning aytishicha, uning tizimining hatto 4K signalini olayotgan boʻlsa ham 1080pʼni aniqlash uchun aqli yetadi. Barcha Sony 2023 televizorlari avvalgilariga oʻxshab dasturiy taʼminot sifatida Google TVʼni ishlatadi va bunga qoʻshimcha qilib (AirPlay 2 / HomeKit) va Amazon (Alexa) oʻrnatilgan.
Ushbu televizorlarning barchasida 120 Gts chastotasi bilan 4K oʻyin oʻynash mumkin, ammo ular hali ham ikki HDMI 2.1 portlari bilan cheklangan; Qolgan ikkisi HDMI 2.0da. Sony PS5 bilan chuqur integratsiyani davom ettirmoqda, ammo endi xbox-ʼga tegishli yangi funksiyalar mavjud boʻladi.
Bravia XR 2023 modellari
X90L — boshlangʻich darajadagi model boʻlib, oʻz narxida eng yuqori sifatni taʼminlaydigan va mahalliy qoralashtirish funksiyasiga ega televizor. Bu yil Sony plastik ramkadan alyuminiy ramkaga oʻtdi. Qaysi oʻlchamni tanlaganingizga qarab, X90L avvalgisiga qaraganda 60 foizga koʻproq mahalliy xiralashtirish va 30 foizga yuqori yorqinlikni yetkazib beradi. Sony kompaniyasining X90L yangi toʻplamidagi eng katta ekran hajmi 98 dyuymli.
A80L OLED — 83 dyuymli televizorda oʻzgarishlar koʻp emas, bor yoʻgʻi 10 %ga yorqinroq va takomillashtirilgan tviterlar tufayli dialoglarning biroz ravshanligini kutishimiz mumkin. Umuman olganda oʻtgan yilgi OLED-TV A80K URGBʼga juda oʻxshash. Siz ushbu yangi modelni LG C2 (va endi C3)ga raqobatchi deb hisoblashingiz mumkin.
QD-OLED A95L televizori bu yil Sonyʼning eng yaxshi televizori boʻlishi mumkin. A95K 2022-yilning eng yaxshi 4K OLED displeyli televizori deb hisoblangan, shuning uchun undan umidlar katta. U raqobat qiladigan Samsung S95C televizori singari 77, 65 va 55 oʻlchamlarda ishlab chiqariladi. Bu shuni anglatadiki, u Samsung Display QD-OLED panelidan foydalanadi, bu avvalgi A95K bilan solishtirganda 200%ga yuqoriroq yuqori yorqinlikni vaʼda qiladi. Va QD-OLEDʼning katta afzalligi shundaki, yorqinlikning oʻzgarishi rang yorqinligiga ham qoʻllaniladi. Bu yil yorugʻ xonalarda ham yuqori darajadagi OLED displeylari oʻzlarining yorqinligini yoʻqotishmaydi.
Endi televizor koʻrib ham sayyoramizni asrash uchun oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.
Eco Dashboard funksiyasi boshqaruv panelida joylashgan. Ekologik toza yaʼni koʻp quvvat talab etmaydigan sozlamalarni yoqsangiz, daraxt oʻsadi. Agar ularni uzib qoʻysangiz, daraxt barglari toʻkiladi.
Samsung, LG, va boshqalarga oʻxshab ixtisoslashtirilgan oʻyin menyusini qoʻshdi. Endi aynan oʻyinlar uchun alohida sozlamalar mavjud.
Sony hali yangi Bravia XR televizorlari uchun narxlar haqida xabar bermadi.