Segway Ninebot MAX G2 elektr samokat: texnik xususiyatlari va narxi

70 km gacha boʻlgan masofani bosib oʻta oladigan, baquvvat va ogʻir elektr samokat.

Segway Ninebot MAX G2 - bu 2023 yilda Ninebot/Segway tomonidan chiqarilgan soʻnggi elektr samokatlardan biri boʻlib, boshlangʻich narxi taxminan 830 dollar atrofida. Bu narx uchun siz 551 Wh quvvatga ega akkumulyator, 70 km gacha boʻlgan masofani ta'minlaydigan elektr samokat olasiz.

Segway Ninebot MAX G2
Segway Ninebot MAX G2

Ninebot, bir necha yil oldin Amerikaning Segway ishlab chiqaruvchisini sotib olgan Xitoy kompaniyasi boʻlib, sub-brend sifatida tanilgan. Max G2 kompaniyaning 2023 yilda chiqarilgan yangi modellari orasida joy olgan. 

Texnik xususiyatlari:

- Oʻlchamlari (LWH): 1210 x 570 x 1264 mm

- Buklangan holda oʻlchamlari (LWH): 1210 x 570 x 605 mm

- Maksimal tezlik: 25 km/soat

- Maksimal qiyalik (75 kg): 22%

- Quvvat: 450 Vt

- Maksimal quvvat: 900 Vt

- Akku Nominal sigʻimi: 551 Wh

- Motor Nominal kuchlanishi: 36V

- Sport rejimi masofasi: taxminan 50 km 25 km/soat tezlikda

- Standart rejimi masofasi: taxminan 55 km 20 km/soat tezlikda

- ECO rejimi masofasi: taxminan 70 km 12 km/soat tezlikda

- Zaryadlash vaqti: taxminan 6 soat

- Tormoz: Old tambur tormoz + orqa elektron tormoz

- Suspenziya: Gidravlik old suspenziya + ikki orqa suspenziya

- Shina turi: Oʻzini tiklovchi tubeless shinalar

- Shina oʻlchami: 10 dyuym

- IP darajasi: IPX5

- Yoritish: 2.1W LED

- Yoʻnaltiruvchi koʻrsatkich: Bor

- Yuk tashish quvvati: 120 kg

- Ogirligi: 24.3 kg

Garchi elektro samokat IPX5 darajaga ega boʻlsa-da, qoʻllanmasida uni yomgʻir yoki nam havo sharoitlarda haydashingiz kerak emasligini aytadi.

Xususiyatlari va ishlash prinsipi - Standart displey va uchta haydash rejimi

450 vatt quvvatga ega motor orqa gʻildirakda joylashgan boʻlib, bu kichik toʻsiqlardan oʻtishda ham quvvat uzatishni ta'minlaydi. Tormozlash oldingi qoʻl tormozi va orqa elektron tormoz yordamida amalga oshiriladi.

Tezlikni boshqarish oʻng tomonda joylashgan bosh barmoq gaz pedali yordamida amalga oshiriladi, tormozlash esa chap tomonda joylashgan tutqich yordamida bajariladi.

Uchta haydash rejimi mavjud: Eco, Standard va Sport. Tezliklar davlatlarga qarab farq qiladi. Eco rejimida maksimal tezlik 15 km/soat, Standard rejimida 20 km/soat  va Sport rejimida 25 km/soat. AQShda esa 35.4 km/soat  ga erishishingiz mumkin.

Displey rulning oʻrtasida joylashgan boʻlib, taxminan 4.2 x 2.4 sm (1.7 x 0.9 dyuym) oʻlchamga ega. U Xiaomi displeyiga oʻxshaydi va eng muhim ma'lumotlarni ko'rsatadi. Masalan, zaryad olayotganda akkumulyatorning foiz koʻrsatkichi koʻrsatiladi. Haydash vaqtida esa tezlik, haydash rejimi, yoritish holati, akkumulyator darajasi va Bluetooth holati koʻrsatiladi. Biz skuterda odometr yoʻqligini sezamiz, ayniqsa haydash vaqtida; bu ma'lumot faqat ilovada mavjud. 

Yoritish tizimi

Yoritish tizimi a'lo darajada. Max G2 nafaqat yorqin old chiroq va kattalashgan orqa chiroqqa ega, bundan tashqari chap va oʻng tomonda yoʻnalish koʻrsatkichlariga ham ega. Bu koʻrsatkichlar tutqichlarning eng chetlarida joylashgan va yorugʻlikni oldinga ham, orqaga ham yoʻnaltiradi. Displey esa koʻrsatkichlar va chiroqlar faollashtirilganligini koʻrsatadi.

Ammo, old chiroq juda baland joylashganligi sababli, rulga olib boradigan kabellardan biri har doim biroz uning yo'lida turadi. Tormoz kabeli faraning oldida osilib turadi va nurga xalaqit beradi.

Elektron signal juda baland va hatto haydovchilarga ham eshitilishi mumkin. Chiroqlar va signal chap bosh barmoq yordamida boshqariladi.

Ilova va aqlli funksiyalar

Avvaliga Skuterning maksimal tezligi 15 km/soat bilan cheklangan holda boʻladi, doimiy signal berishining oldini olish uchun birinchi skuterni ilovaga ulanishi kerak. Keyinchalik ilovasiz ham foydalanish mumkin.

Ilova sizga foydali sozlamalar va qoʻshimcha ma'lumotlar taqdim etadi. Bu muhim, chunki skuterning bort displeyi faqat juda sodda ma'lumotlarni koʻrsatadi.

Ilovada mavjud boʻlgan qoʻshimcha imkoniyatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- regenerativ tormozlash darajasini sozlash (uchta variant: Kuchli, Zaif, Oʻchirilgan),
- yurish rejimi,
- akkumulyatorni zaryadlash rejimi,
- kodli qulf va oʻgʻirlikka qarshi himoya.
Oʻgʻirlikka qarshi himoya funksiyasi skuternoodatiy  tebranishlarni sezganda chiroqlarini yonib turadi va baland ovozda signal beradi.

Ilova koʻplab funksiyalarga ega boʻlsa-da,  undan foydalanish noqulayroq

Narxlar:

Onlayn internet do'konlarida narxlar o'rtacha 9 500 000 so'm.

https://joybox.uz/uz/product/electric-scooter-g2-max-qora/
https://joybox.uz/uz/product/electric-scooter-g2-max-qora/

OLX da sotuvchilar tomindan qoʻyilgan narx oʻrtacha 830$.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10