Oʻziga xos Hover Camera X1 — aerofotokamera droni taqdim etildi

Masofaviy tasvirlarni olish uchun odatda dronlardan foydalaniladi, lekin katta, qimmat va murakkab kvadrokopter sotib olishni xohlamaydiganlar uchun yangicha dron koʻrinishidagi yechim ishlab chiqildi.

ZeroZero Robotics Hover Camera X1 dronidan foydalanish uchun har qachongidan ham osonroq deyilmoqda.

Oʻzidan oldingi modellar, yaʼni Hover Camera va Hover 2 kabi, X1 sharnir korpusga ega boʻlib, uni foydalanilmaganda 127 mmx86 mmx31 mm oʻlchamdagi 125 g oʻlchamgacha buklash imkonini beradi. Bundan tashqari, parragi atrofidagi himoya qobigʻi tufayli uni jarohat olishdan qoʻrqmasdan qoʻlda uchirish mumkin.

X1 masofadan boshqarilishi yoki kiritilgan iOS/Android ilovasi yordamida oldindan dasturlashtirilgan parvoz rejimlariga oʻrnatilishi mumkin. Biroq, uni avvalgi modellardan ajratib turadigan jihati shundaki, uni smartfon yoki masofadan boshqarish pultisiz ham ishlatish mumkin. Buning oʻrniga dronning oʻzida tugmani bosish orqali foydalanuvchilar beshta parvoz rejimidan birini tanlashlari mumkin.

Ushbu rejimlarga Hover (bir joyda muallaq turish); Kuzatish (harakatlanuvchi foydalanuvchi ortidan uchadi, uni kadrda olib boradi); Zoom Out (foydalanuvchi tasvirini kattalashtirishni boshlaydi, keyin kengroq tasvirga oladi); Orbita (foydalanuvchi atrofida aylana boʻylab uchadi, obyektni fokusdan qochirmaydi) va Birdʼs Eye (toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchiga yuqoridan qaraydi).

Rejimni tanlagandan soʻng, dron uch soniyada foydalanuvchi qoʻlidan havoga koʻtariladi.

X1 maksimal 2,7K/30 kadr/s video ruxsatiga ega va tasvirni silliq hamda bir tekis ushlab turish uchun mexanik podves, elektron tasvir stabilizatsiyasidan foydalanadi. Shuningdek, u 12 megapikselli kadrlarni suratga olishi mumkin. Video va fotosuratlar 32 Gb ichki xotirada saqlanadi. Uning kamerasidan olingan tasvir real vaqtda Wi-Fi orqali ilovaga maksimal 30 metr masofada uzatiladi.

Maʼlum qilinishicha, dronning 1050 mA/soat sigʻimli lityum batareyasining bir zaryadi taxminan 11 daqiqalik parvoz uchun yetarli boʻlishi kerak.

Hover Camera X-1 hozirda Indiegogo kampaniyasining loyihasi boʻlib, u yerda 329 dollarlik garov evaziga foydalanishga olish mumkin. Rejalashtirilgan chakana narxi 469$. Hozircha faqatgina Amazonda sotilmoqda.

U olgan kadrlarni quyidagi videoda koʻrishingiz mumkin:

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56