Oʻzbekiston va dunyoda sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan ilk reklamalar paydo boʻldi

Dunyo boʻylab kopiraytingni asta-sekinlik bilan “oʻz qoʻliga olayotgan” sunʼiy idrok tomonidan ishlab chiqilgan reklamalardan endilikda toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvda foydalanilmoqda.

Oʻzbekistonda

Alif fintex-kompaniya oʻzining “kelajak texnikalarini” reklamasini sunʼiy intellekt yordamida ishlab chiqqani aytilmoqda. ChatGPT va Midjourney yordamida ishlab chiqilgan reklama Toshkent metrosidadan joy oldi.

Reklama kampaniyasi Alif marketpleysi foydalanuvchilariga qaratilgan boʻlib, “kelajak texnologiyasi”ni sotib olishga chaqiradi va ilovani yuklab olish uchun QR-kod oʻrnatilgan.

Shunday qilib, brend eʼtiborni onlayn xarid qilishning dolzarbligi, xizmat koʻrsatishning qulayligi, katta va kichik uskunalarni onlayn yetkazib berish va kompaniyaning ishlab chiqarish qobiliyatiga qaratadi.

Dunyoda

Hozirda turli promo-roliklar toʻliq sunʼiy idrok yordamida yaratilmoqda. Aytaylik, ssenariysini ChatGPT yozsa, dizaynini Midjourney qiladi, musiqa va montaji esa qoʻshimcha neyro-yordamchilarga “yuklatish mumkin”.

Stable Diffusion ishlab chiqqan qiziqarli Coca Cola reklamasi
Lexus 2018-yilda IBM Watson sun’iy intelletida terilgan reklama videosi

Guvohi bo‘lganingizdek, “raqamli do‘stlarimizning” ilk reklama ishlari “chakki emas”. Bora-bora bu borada “professionalga” aylanishlari turgan gap. Ayniqsa, yaqindagina sunʼiy intellekt ishlab chiqqan uchar mashina reklamasi xaridorlarni osonlikcha “chuv tushirgani” ma’lum bo‘lganidan so‘ng, PR va reklamada SI kuchi nimalarga qodirligini taxmin qilish qiyin bo‘lib boradi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56