Oʻrtacha kattalikdagi kvartira qiymatiga teng robot-dastyor

Boston Dynamics kompaniyasining robot-itlari endi uyni yigʻishtirishda yordam beradi.

Yangi yozilgan skript asosida ishlaydigan Spot nomli “kuchukcha” atrof-muhitni tez ilgʻaydi, buyumlar joyini yaxshiroq eslab qoladi va tezroq harakatlanadi.

Aytaylik, ajabtovur robot jonivor uy atrofida sayr qilib yurar ekan, biror buyum joyi oʻzgarganini payqashi bilanoq darhol hamma narsani tashlab oʻsha buyumni oʻrniga qoʻyishga shoshiladi.

Uyingiz tartibli boʻlishi uchun dastyor sizga 75 ming dollar — 855 mln so‘mga tushadi.

Avvalroq Giglink Disneyning “qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqaradigan” qo‘rqinchli bolalar roboti ishlab chiqqani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07