Opera brauzerida bepul VPN paydo bo‘ldi

Opera kompaniyasi brauzerining iOS versiyasiga bepul VPN qoʻshdi. VPN hech qanday SMS va registratsiyasiz ishlaydi. Yangi funksiya hozirda sinov rejimida ishlamoqda va kelgusi haftada rasman ishga tushiriladi.

Xizmat obuna boʻlishni, avtorizatsiyani va qoʻshimcha kengaytmalarni oʻrnatishni talab qilmaydi. Foydalanuvchi asosiy menyuda VPNʼni yoqishi mumkin

Kompaniyaning taʼkidlashicha, mazkur VPN xizmatidan foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini yigʻmaydi.

Shuni aytib oʻtish kerakki, Opera barcha yirik platformalarda bepul VPN taqdim etgan birinchi kompaniya boʻldi. VPNʼni qoʻllab-quvvatlash allaqachon Windows, Mac, Linux va Android uchun brauzer versiyasida mavjud.

Oʻrnatilgan VPNdan tashqari, ishlab chiquvchilar bir qator boshqa oʻzgarishlarni eʼlon qilishdi. iOS uchun Opera yangilangan interfeysga ega boʻldi.

Yangi funksiya hozircha barcha mintaqalar uchun ishlamaydi. Rasman ma’lum qilinganidan so‘ng foydalanish uchun ochiq bo‘ladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04