Neyrotarmoq yordamida video yaratish (qisqacha qoʻllanma)

Biz hali neyrotarmoq nimaligini yaxshi oʻrganishiga ulgurmagan bir vaqtda odamlar ular yordamida daromad qilishmoqda.

Shulardan biri, neyrotarmoq orqali sifatli kontent yaratishdir. Quyida sizga sunʼiy idrok asosida video yaratishning eng oddiy usulini koʻrsatamiz. 

Buning uchun sizda ChatGPT profili boʻlishi lozim. ChatGPTʼdan bizga video uchun matn tayyorlab berishini soʻraymiz - https://chat.openai.com/auth/login

Soʻng Eleven Labs yordamida mazkur matndan ovoz yozamiz (aynan oʻzingizni ovozingiz boʻlishi shart emas) - https://beta.elevenlabs.io/speech-synthesis.

Ovoz tayyor boʻlgach D-ID orqali bir dona rasmingiz va ovozni birlashtirgan holda video yaratamiz - https://www.d-id.com/.

Agar yanada murakkabroq narsa istasangiz, unga Beautiful.AI yoki ChatBCGʼda yasalgan prezentatsiya video qatorini qoʻshishingiz ham mumkin.

Xuddi shu tarzda istalgan mavzudagi kontentni yaratishingiz va uni xohlagan platformaga (ijtimoiy tarmoqqa) yuklashingiz mumkin. Kuzatuvchilaringizni esa sunʼiy idrok yordamida yaratilgan kontent bilan qiziqtirishingiz aniq.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35