Musaffo osmon rangidagi Google Pixel Buds A-series va Pixel 7a: funksiyalari, narxi va sotuvga chiqish sanasi

Sanoqli kunlardan so‘ng rasman sotuvga chiqariladigan Google Pixel Buds A-series ko‘k rangda bo‘ladi, narxi esa taxminan 99$. Shu kuni Pixel 7a va Pixel Fold smartfonlari ham taqdim etiladi. Ikkinchisining narxi 1700$ atrofida baholanadi.

Pixel Buds A-series oldingi Pixel Budsʼdan deyarli farq qilmaydi va har ikkisida ham simsiz zaryadlash, shovqinni pasaytirish kabi xususiyatlar mavjud. Biroq, ishga tushirilganda, unda oldingi Pixel Budsʼdagi koʻplab xatoliklar tuzatilganini koʻrish mumkin.

Yangi Pixel Buds A-series narxi oldingisidan unchalik farq qilmasligi kutilmoqda — 99$.

Ushbu minigarnituralar Google doʻkonida yoki boshqa marketpleyslar orqali Google Pixel 7a smartfonini sotib olganda bonus sifatida beriladimi yoki chegirmalar bilan taqdim etiladimi, hozircha nomaʼlum.

Pixel 7a smartfoni

Flagman simsiz zaryadlash, 64 MP kamera va 90 Gts displeyga ega boʻladi. Pixel7a Charcoal (qora), Snow (oq), Sea (koʻk) va Corall (marjon) ranglarida taqdim etiladi. 

Keng rakursli old kameralarning ruxsati 13 megapikselni tashkil qiladi. Protsessor Tensor G2 boʻladi.

Boshqa bir Google Pixel 6a versiyasi esa Pixel 7aʼdan keyin, iyun oyida sotuvga chiqariladi. Pixel Foldga kelsak, uning narxi 1700-1800 dollar atrofida boʻlishi, yaʼni Samsung Galaxy Z Fold4 darajasida baholanishi aytilmoqda.

Pixel 7aʼning rasmiy eʼlon qilinishi 10-may kuni Google I/O taqdimotida boʻlib oʻtadi.

Avvalroq Giglink.uz Sony Xperia 1 V 11-may kuni sotuvga chiqarilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10