Mozilla ChatGPT yoki Google Bard’dan birini tanlashda ikkilanmoqda

Google, OpenAI va Microsoft oʻrtasida chatbotlar ustunligi uchun poyga boshlandi.

Buni Mozilla kompaniyasining oʻzini Firefox brauzeri uchun chatbot sifatida qaysi biridan tanlashda ikkilanayotganidan ham koʻrish mumkin. Maʼlumot uchun, Firefox web-brauzeridan har oy 200 millionga yaqin odam foydalanadi.

Mozilla Firefox uchun chatbot sifatida ChatGPT va Google Bardʼni integratsiyalashni koʻrib chiqmoqda.

Qaysi qaror qabul qilinishi OpenAI va Google bilan muzokaralarga bogʻliq.

Google allaqachon Mozillaʼga standart qidiruv tizimi uchun yiliga yuzlab million dollar toʻlaydi. Ammo Mozilla qidiruv va chatbotni alohida tizimlar sifatida funksionallashtirmoqchi, shu sababli bu safargi kelishuvlar boshqacha boʻlishi mumkin.

Xususan, Mozilla Bing chatbotini Firefoxʼning asosiy qidiruv tizimiga aylanishi borasida Microsoft bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Jarayon 2024-yilda yakunlanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47