LG sayohat va pikniklar uchun portativ monitor-chemodan ishlab chiqdi
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, mazkur model pikniklar yoki turli sayohatlar uchun ajoyib imkoniyat.
LG kompaniyasi aqlli televizorlar funksiyalariga ega StanbyME Go noodatiy portativ monitor-chemodanini chiqardi.
Yangilik 27 dyuymli sensorli panel va Dolby Atmos texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan 20 Vt dinamiklar bilan jihozlangan. Qurilma elektr tarmogʻidan ham, oʻrnatilgan batareyadan ham ishlashi mumkin, umumiy zaryad olish vaqti taxminan uch soat davom etadi.
Chemodanga maxsus buklanadigan stend oʻrnatilgan boʻlib, u burchak va balandlikni sozlash, shuningdek, monitorni vertikal yoki gorizontal yoʻnalishda oʻrnatish imkonini beradi.
Operatsion tizim LG smart televizorlari kabi webOS. Buning yordamida YouTube tomosha qilish yoki hech qanday qurilmaga ulanmasdan oʻyin oʻynash mumkin. Qulaylik uchun masofadan boshqarish pulti kiritilgan.
Janubiy Koreyada LG StanbyME Go kompaniyasi modelni 1,17 million von — ~882$ ga baholagan.