Lenovo Tab M9 sharhi: sifatli ishlab chiqarilgan arzon planshet

Lenovo Tab M9 — yaqinda chiqarilgan byudjetli Android planshetidir. Hozir biz Lenovo Tab M9ʼni chuqur tahlil qilib, u qanchalik biz uchun mos qurilma ekanligini aniqlashga harakat qilamiz.

Android planshetlari hali ham video tomosha qilish, oʻyin oʻynash, elektron kitoblarni oʻqish va ishda foydalanish uchun eng yaxshi variant boʻlib qolmoqda. Garchi Android smartfonlari ham xuddi shunday imkoniyatlarni taqdim etsada, ammo planshetlardagi kattaroq ekran, yaxshi batareya quvvati va hokazo kabi qoʻshimcha afzalliklari ustunlik beradi.

Agar siz Android planshetini sotib olmoqchi boʻlsangiz, turli xil ekran oʻlchamlari va har xil maqsadlarga moʻljallangan turfa variantlar ikkilantirib qoʻyishi mumkin.

“Распаковка”

Planshet upakovkasiga keladigan boʻlsak, qutida quyidagilarni topasiz:

 • Albatta, Lenovo Tab hM9

 • Stendli TPU orqa qopqogʻi

 • SIM karta uchun toʻgʻnogʻich

 • USB Type C zaryadlash kabeli

 • 10 Vt quvvat olish adapteri

 • Hujjatlar

Lenovo Tab M9: Dizayn va tuzilishi

Lenovo Tab M9 odatiy toʻrtburchak dizayniga ega va uning korpusi alyuminiydan qilingan boʻlib, yuqori darajadagi silliqlik, sezgirlik va mustahkam qurilish sifatini taʼminlaydi.

Ramkalari nisbatan qalinroq, ammo umumiy ramka nisbati barcha burchaklarida bir xil. Planshetning qalinligi bor-yoʻgʻi 7,99 mm va ogʻirligi atigi 344 gramm boʻlib, uni ushlab turish va olib yurish juda qulay.

Planshetning old tomonida 9 dyuymli displey va 2 MP selfi kamerasi mavjud. Qurilmaning orqa tomonida chiroqsiz bitta 8 MP kamera bor.

Planshetning pastki qismida 3,5 mm naushnik uyasi, dinamik teshiklari, mikrofon va zaryadlash uchun USB Type-C porti mavjud. Shuningdek, qurilmaning oʻng tomonida ovoz balandlatish tugmasi va yoqish/oʻchirish tugmasini koʻrishingiz mumkin.

Planshet oʻrnatilgan stendli TPU orqa qopqogʻiga ega. Orqa qopqoq va stend aʼlo sifatga ega va juda yaxshi ishlaydi, landshaft yoʻnalishida qulay hamda yoqimli tomosha qilish imkoniyatini taʼminlaydi.

Tab M9 ikkita rang variantida mavjud: kumush va moviy moviy. Ikkala rang varianti uchun ham orqa panelda ikki rangli qoplama mavjud.

Displey

Old tomondan 9 dyuymli displey 720p HD (1340 x 800 piksel), 60 Gts yangilanish tezligi va 5:3 nisbatli IPS LCD displeyga ega.

Lenovo Tab M9ʼning ustunliklaridan biri — bu uning kattaroq displeyi boʻlib, u kontentni koʻrishni va planshetdagi vazifalarni bajarishni ancha oson hamda yoqimli qiladi.

Bundan tashqari, HD 720p piksellar soniga ega boʻlgan IPS LCD paneli koʻrish sifatini bir maromda ushlab turishni taʼminlaydi.

Displeyning rang sifati yaxshi. U imtiyozlarga mos keladigan tabiiy, kengaytirilgan yoki moslashtirilgan rang profillari taqdim qiladi, sodda qilib aytganda, ranglar va tasvirdagi piksellar bilan sizda hech qanday muammo boʻlmaydi.

Planshet shuningdek, Netflix va YouTube kabi mashhur platformalarda yuqori aniqlikdagi kadrlarni uzatish imkonini beruvchi Widevine L1 sertifikatini qoʻllab-quvvatlaydi.

Ishlash va dasturiy taʼminot

Tab M9 sakkiz yadroli Helio G80 protsessori va 4 Gb gacha operativ xotira bilan jihozlangan. Toʻrt yillik chipsetga ega boʻlishiga qaramay, u siz byudjetli Android planshetida bajarishingiz mumkin boʻlgan kundalik vazifalarni bajarishga qodir, jumladan, ommaviy axborot vositalarini tomosha qilish, eslatmalar olish, Internetda kontent koʻrish va hk.

Bundan tashqari, oddiy oʻyinlar bilan bir qatorda Asphalt 8, PUBG va boshqalar kabi oʻyinlarni ham, grafik sozlamalari pastroq boʻlsada, oson oʻynashingiz mumkin.

Planshetda ilovalar bilan ishlash borasida muammoga duch kelmaysiz, biroq bir vaqtning oʻzida  juda koʻp amal bajarmoqchi boʻlsangiz, qurilma nisbatan sust ishlashini sezishingiz mumkin.

Qurilma unumdorlik testlaridan oʻtkazilganida AnTuTu balli 267 777 ball, Geekbench 6 bir yadroli ball 411 ball va koʻp yadroli ball 1429 ballga teng boʻldi. Bundan tashqari, 50 ta ip bilan 15 daqiqalik protsessorni qisqartirish testi davomida, qurilmaning ishlashi eng yuqori qiymatdan 17% ga kamaydi.

Dasturiy taʼminot haqida gapiradigan boʻlsak, u Android 12 yoki Android 13da ishlaydi. Lenovo, shuningdek, Tab M9 uchun 3 yillik xavfsizlik yangilanishlarini vaʼda qilgan.

Funksiyalar nuqtai nazaridan, FaceID funksiyasi haqida gapirish muhimdir. Lenovo Tab M9ʼdagi yuz bilan ochish funksiyasi brend tomonidan koʻp eslatib oʻtiladigan funksiya hisoblanadi.

Kamera

Oʻzi aslida, planshetlar kamerasi unchalik ham muhokama qilinadigan narsa emas. Lenovo Tabʼda ham 2 megapikselli old kamera yoki 8 megapikselli orqa kamera boʻlsin, ikkalasi ham oʻrtacha koʻrsatkichga ega.

Kamera interfeysidan foydalanish oson va oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan HDR dasturi opsiyasi mavjud. Biroq, HDR sozlamasi yoqilgan boʻlsa ham, fotosuratlar juda xira koʻrinadi va haddan tashqari oq rangga ega.

Mana bir nechta tasvir namunalari:

Dinamika

Lenovo Tab M9 baland va tiniq ovoz sifati uchun Dolby Atmos qoʻllab-quvvatlaydigan ikkita stereo dinamiklarga ega. Qulay narx oraligʻini hisobga olgan holda u kuchli bassga ega boʻlmasa-da, dinamikning umumiy ishlashi har xil turdagi kontentni eshitish uchun yetarli darajada yaxshi, deyish mumkin.

Batareya muddati

Lenovo Tab M9 5100 mA/soat sigʻimli olinmaydigan Li-Po akkumulyatori bilan quvvatlanadi, batareya quvvati taxminan 13 soatni tashkil qiladi. Bu oʻrtacha ishlash muddati va foydalanishga qarab 10 dan 11 soatgacha boʻladi.

Qurilma 10 Vt gacha simli zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi va planshetni 0 dan 100 foizgacha zaryadlash taxminan 2 soat davom etadi. Bundan tashqari, simsiz zaryadlashni qoʻllab-quvvatlamaydi, bu planshetning narxini hisobga olgan holda ajablanarli emas.

Xulosa

Lenovo Tab M9 ikki turdagi xaridorlar uchun mos keladi: biri ijtimoiy tarmoqlarni kezish, eslatma olish, elektron kitoblarni oʻqish va hokazo vazifalarni bajarishda yordam beradigan arzon Android planshet variantini qidirayotganlar.

Va yuqori piksellar sonida boʻlmasa ham, videolarni tomosha qilish uchun arzon qurilmani qidiradigan odamlardir.

Tab M9 sizga bemalol oʻyin oʻynash, video qoʻngʻiroqlar qilish, fotosuratlar/videolar va hokazolarni olish imkonini bersa-da, bu borada eng mukammali deb boʻlmaydi.

Narxiga kelsak, u taxminan 110$ dan boshlanadi. Uning M10 versiyasini 200-250$ dan O‘zbekiston bozorlarida xarid qilish mumkin. Bu narx uchun qurilma rostmanasiga yaxshi tanlov hisoblanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04