Instagram asoschilari TikTok’ning matndan iborat koʻrinishini ishlab chiqdi

Noodatiy TikTok sun'iy intellekt yordamida ishlaydi va unda videolar oʻrnini matnlar egallaydi.

Mazkur xizmatni ishlab chiqqan Kevin Sistrom va Mayk Kriger fikriga ko’ra, loyiha “kelajak ijtimoiy tarmoqlari” uchun ishlatiladigan algoritm tahlillaridan foydalanadi. Ilova Android’s va iOS tizimlarida ishlaydi. Ishlash usuli TikTok’ni eslatadi.

2018-yilda bosh kompaniyasi bilan kelishmovchiliklar tufayli Facebook’ni tark etgan Instagram hamtaasischilari – Kevin Sistrom va Mayk Kriger ijtimoiy tarmoqlarning yangilangan avlodini ishlab chiqarish maqsadida yangi tashkilot ochishdi. Ilk loyiha – sun’iy idrok yordamida qiziqishlarni individual generatsiya qilib tuzilgan yangiliklar lentasiga ega Artifact.

Artifact – bu maqolalar, faktlar va sun'iy intellektning uyg'unligi. Oddiy qilib aytganda, bu TikTokning matn uchun moslashtirilgan varianti bo’lib, Google Reader yoki Twitter’ning kutilmagan raqibi, desa ham bo’ladi. Dunyo bo’ylab maqola, nashrlar, matnli nutqlarni o’zida jamlagan mazkur loyiha The New York Times’dan tortib kichik bloglargacha qamrab olgan. Foydalanuvchi o’zini qiziqtirgan mavzuni yozadi va xuddi TikTokning video yasash algoritmi kabi bir nechta ko’rinishlarda matn yarata oladi.

Bunday olib qaraganda, Artifact o’ziga xos “qaytish” bo’lmoqda. TikTok ommalashganidan so’ng dunyo bo’ylab vertikal roliklarga bo’lgan qiziqish oshdi, juda ko’plab kishilar TikTok algoritmi, uslubi va funksiyalarini ko’chirishga berilib ketishdi. Shunday bir paytda, Artifact faqatgina yozishga – matnli kontentga moslashganligi bilan qarama-qarshi effekt paydo qiladi. 

ChatGPT’ni ishga tushirgan texnologiya ijtimoiy tarmoqlar uchun ham yangi imkoniyatlar ochdi

Artifact uchun eng qo’l kelgan yechim bu – 2017-yilda Google tomonidan ixtiro qilingan transformer bo’ldi. Ya’ni u tizimlarga tilni avvaldan talab qilinganidan ancha kamroq ma’lumot kiritish orqali ishlash mexanizmini ta’minlaydi.

Transformer sun’iy intellekt ishlashini yaxshilashga yordam berdi, bu esa o'tgan yili ChatGPT’ning ishlab chiqilishiga va o’z navbatida, sun'iy intellektga qiziqishning oshishiga olib keldi (transformerlar ChatGPT-dagi "T" dir.)

Bu ijtimoiy tarmoqlar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratdi. Avvaliga ijtimoiy tarmoqlar sizga do'stlaringiz nimani qiziqtirganini ko'rsatadi - Facebook modeli. Keyin ular sizga do'st bo'lganmisiz yoki yo'qmi, kuzatib borgan odamlarga aloqador kontentni ko'rsatishni boshlaydi - Twitter algoritmi.

Ayni paytda Sistrom va Kriger Artifact’ni o'zlari moliyalashtirmoqda. Ilova ustida 7 kishidan iborat jamoa ishlamoqda, jumladan Robbi Shtayn – Instagram’ning 2016-2021 yillardagi eng yaxshi mahsulot menejeri ham bor.

Instagram’ni Facebook’ga 715 million dollarga sotgan, Sistrom va Krigerga shoshilinch ishga muhtoj emas edi. Xo'sh, bu safar ularga nima turtki berdi?

"Biz qurishni yaxshi ko'ramiz", dedi Sistrom. “Dunyoda kod yozish va odamlarga yoqadigan mahsulotlarni yaratishga vaqt sarflashdan afzal boshqa ish yo'q. Men shunchaki o’z ishimni yaxshi ko’raman."

AI TikTok muvaffaqiyatining katta qismini tashkil etadi. Ammo oldingi Twitter singari, TikTok ham asosiy lentadagi kotent generatsiyasi va “suhbatlar” orqali ommalashdi – ko’plab tvitlar lenta bo’ylab keng yoyilib ketganidek, TikTok’dagi videolar ostida qoldirilgan izohlar ba’zida video qamrovi oshishiga sababchi bo’lmoqda.

Artifact’ning bu kabi jihatlari ishlab chiqish jarayonida. Agar Sistrom va Kriger Instagramga bergan mahoratlarining bir qismini mazkur loyihaga berishsa, tez orada Ilon Mask Twitter’idan bezib Mastodonga berkingan foydalanuvchilar ikkilanmasdan Artifact’ga “abadiyga” kelishadi.

Tez kunlarda Artifact loyiha haqida batafsil ma’lumotlarni ochiqlamoqchi. Lekin ma’lumotlardan tezroq xabar topish uchun Artifact sayti orqali navbat uchun ariza qoldirishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi uzoq kutilgan Redmi K80 Pro flagmanini taqdim etdi
Narxi: $511 dan boshlanadi, asosan o'yin ishqibozlariga mo'ljallangan.
Smartfon
29 noyabr, 08:56
Anthropic tomonidan ishlab chiqilgan Claude AI assistenti! AI yordamchilar uchun 'hamma narsaga ulanish' davri boshlandi.
Ushbu maqola Anthropic tomonidan taqdim etilgan Model Context Protocol haqida bo‘lib, texnik bilimga ega bo‘lmagan odamlar uchun ham oddiy va tushunarli tarzda izohlangan.
AI
26 noyabr, 22:36
BYD kompaniyasi O‘zbekistonga 7 yangi avtomobil taqdim etdi. Sotuvlar 2025-yilda boshlanadi
BYD O'zbekistonga 7 ta yangi elektr va gibrid avtomobilni olib keladi — narxlari 175 milliondan 2 milliard so'mgacha
Avto
26 noyabr, 10:41
Xiaomi $100 narxdagi 4 nm protsessorli superarzon smartfon chiqardi
Xiaomi yangi Redmi A4 5G smartfonini taqdim etdi. Bu dunyodagi ilk Qualcomm Snapdragon 4s Gen 2 protsessoriga ega smartfon.
Smartfon
25 noyabr, 09:06