Inson koʻrinishini istalgan kompyuter qahramoniga bir zumda oʻzgartiruvchi texnologiya ishlab chiqildi

Wonder Dynamics deb nomlangan startap bir necha soniya ichida videodagi odamlarni kompyuter qahramonlariga aylantirish imkonini beruvchi Wonder Studio dasturini e’lon qildi.

techcrunch

O‘rnatilgan sun'iy intellekt kameraning harakatini, yorugʻligini va rangini mustaqil ravishda hisoblab aktyorni kompyuter grafikasi bilan to'liq almashtiradi. Gap filmlardagi norealistik obrazlarni yaratish haqida ketmoqda. Shu paytgacha bu ishni maxsus studiyalar amalga oshirgan.

Turli jonivorlar va maxluqlarni bir nechta klikda yasab beradigan Wonder Studio xizmati 2023-yil 9-mart kuni Nikolay Todorovich va aktyor Ty Sheridanning Wonder Dynamics kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan. Platforma aktyorlarning harakatlarini avtomatik ravishda tahlil qiladi va 3D skelet animatsiyasiga aylantiradi, aktyorlar obrazini osongina kesib olish mumkin bo‘lgan dinamik niqoblar yaratadi.

Sun’iy idrok asosida ishlaydigan mazkur texnologiya CGI personajlarining yorug‘ligi va harakatini tasvir muhitiga moslashtiradi.

Ayni paytda sinov versiya — beta’si taqdim etilgan texnologiya oddiy brauzer orqali ishlaydi va undan siz ham foydalanib ko‘rishingiz mumkin— wonderdynamics.com

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47