Dunyodagi birinchi 3D planshet, u nimalarga qodir?
Texnologiya
22 fevral, 09:55
Nubia Pad 3D dunyodagi birinchi sunʼiy intellekt texnologiyasiga ega koʻzoynaksiz 3D tasvirni koʻrish imkonini beruvchi planshet. Bu 3D effektli maxsus displeylar yetkazib beruvchisi vazifasini bajaradigan Leia Inc kompaniyasining innovatsion ishlanmalari yordamida amalga oshirildi.

Planshet turli xil stereoskopik tasvirlarni namoyish etishi mumkin. Planshetda siz yuklab olingan filmlarni tegishli formatda koʻrishingiz va 3D oʻyinlarni oʻynashingiz mumkin. Ishlab chiquvchilarning fikricha, planshet foydalanuvchilarga mutlaqo yangi vizual tajribani taqdim etadi.

“Qayerdadir bunday narsani eshitganmiz” deyishingiz mumkin va siz haq boʻlasiz, chunki 2011-yilgi LG Optimus 3D smartfoni ham shunga oʻxshash funksiyani taqdim etgan, ammo natija kutilganiday boʻlmagan. U yerdagi 3D effekti ekrandan maʼlum bir masofada tursangizgina namoyon boʻlar edi va batareyani aql bovar qilmaydigan darajada tez tushirar edi.
Ammo bu safar ZTE kompaniyasi sunʼiy intellekt yordamida ishlaydigan koʻzni kuzatish texnologiyasi tufayli haqiqiy sehrni vaʼda qilmoqda. Texnik xarakteristikalar haqida hozircha tafsilotlar yoʻq, ammo shuni tushunish mumkinki, bunday texnologiyani amalga oshirish uchun kuchli chip kerak, shuning uchun planshet katta ehtimollik bilan flagman apparatga ega boʻladi.
Uning taqdimoti 28-fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya

NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle