GPT-4 dunyoni qanchalik oʻzgartirishga qodir? Sunʼiy intellektga oid shov-shuvlar haqida batafsil

Yangi neyron tarmoq endi rasmlarni oʻqiydi, memlarni tushunadi, “5 sekundda” kodlar va hattoki toʻliq ishlaydigan ilovalar yasaydi.. va bu hali hammasi emas!

Open.AI

Nihoyat Open.AI oʻzining shov-shuvli GPT-4 modelini taqdim qildi. Kompaniya “dunyoni oʻzgartiradigan” eng kuchli loyihasi taqdimotini rejalashtirilganidan oldinroq — 15-mart kuni namoyish qildi.

Yangilangan GPT-4 loyihasiga, Google qanchalik qarshilik qilmasin, Microsoft ham qoʻshilishga qaror qildi. Xususan, Bing qidiruv tizimi asosi ham GPT-4 yordamida ishlashi haqidagi mish-mishlar oʻz tasdigʻini topdi

Yangi GPT-4 oʻzidan oldingi GPT-3 dan 500 barobar koʻproq maʼlumotlar nuqtasini qamrab oladi! Mazkur “wow” effektni yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun, taqqoslang:

  • Bundan oldingi ChatGPT-3 versiyasi: 175 mlrd ML-parametrlar ishlatsa,
  • GPT-4: 100 trillion ML-parametrlarni ishlatadi.
Mem Google Translate yangi funksiyasi yordamida tarjima qilindi https://giglink.uz/p/4735237
Mem Google Translate yangi funksiyasi yordamida tarjima qilindi https://giglink.uz/p/4735237

Bu — yuqorida aytganimizdek, cheksiz formatdagi maʼlumotlar— video, musiqa, rasm va raqamlarni qayta ishlash degani.

GPT-4 bilan siz hatto mem yuborib hazillashib oʻtirishingiz yoki dedlaynga ulgurmay qolganingizda dasturingiz uchun yozgan kodingizni toʻgʻrilab berishi, boringki oʻzi mustaqil kod yozib uni ishlatib berishini soʻrashingiz mumkin.

Shu oʻrinda dasturchi Botir Ziyatov blogida keltirgan har ikki GPT farqlarini keltirib oʻtamiz:

“GPT-4 ni GPT-3.5 dan qanday farqlari bor?

  • GPT-4 tasvirlarni koʻrishi va tushunishi mumkin

GPT-3 matn bilan cheklangan edi, ular oʻqish va yozish imkoniyatiga boʻlgan holos.

GPT-4 esa tasvirlarni ham tushunadi.

Yaʼni rasmga qarab unga biror fikr bildira oladi, yoki rasmga qarab kod yozib berishi ham mumkin.

  • GPT-4ʼni aldash qiyinroq

Chatbotlar toʻgʻri ishlayotganiga qaramay, ularni osongina alday olishgan.

Misol: “yomon AI” nima qilishi yoki “yomon gaplarni” oʻrgatish.

GPT-4 juda koʻp zararli maslahatlar boʻyicha oʻqitilgan.

  • GPT-4 kattaroq xotiraga ega

GPT-3 da katta matnlar bilan ishlagan vaqtda chegara 4096 “token” boʻlgan.

u taxminan 8000 soʻz yoki kitobning taxminan 4-5 sahifasini tashkil qiladi.

GPT-4 tokenlarining maksimal soni 32 768 ni tashkil qiladi.

Bu taxminan 64 000 soʻz yoki 50 sahifali matnni tarjima qiladi.

  • GPT-4 koʻp tillik.

oldinlari ChatBotlar bilan gaplashishda ingliz tilida asosiy boʻlib kelgan.

GPT-4 esa yana 26 ta tilda katta maʼlumotlarini oʻrgatishni boshladi.

bu ingliz tilini bilmaydiganlar uchun ancha maʼqul kelishi aniq.

  • GPT-4 turli xil “hissiyotga” ega

Masalan: hamdard tinglovchi rolini oʻz zimmasiga olish yoki xavfli tinglovchi boʻlishi mumkin”.

“Biz ishsiz qolamizmi?” — OAV, musiqa, sanʼat, marketing va boshqa sohalarda sezilarli oʻzgarishlar boʻladi

ChatGPT chiqqanidayoq dunyo boʻylab turli kompaniyalar “oʻn minglab” xodimlarini ishdan boʻshatayotgani toʻgʻrisida norasmiy maʼlumotlar tarqalib ketgan edi.

Mem Google Translate yangi funksiyasi yordamida tarjima qilindi https://giglink.uz/p/4735237
Mem Google Translate yangi funksiyasi yordamida tarjima qilindi https://giglink.uz/p/4735237

Gap shundaki, sunʼiy intellektning qobiliyatlari kengayib borishi baʼzi zamonaviy va “tor doiradagi” kasblarni ham bajara olishi natijasida, kopirayter, junior (boshlangʻich, kam tajribaga ega) dasturchilar, tarjimonlar, rerayterlar, jurnalist kabilar oʻrnini bemalol bosa olishini isbotlagandi.

Vahimali xabarlarning qanchalik rostligini bilmaymiz-ku, biroq Microsoft kompaniyasi yangi gigant GPT-4 “ish oʻrinlarini yoʻqotishiga olib kelishidan qoʻrqishga erta” ekanligini maʼlum qilgandi:

“GPT-4 ishsizlikni oshirmaydi, balki odamlarga har kunlik vazifalarini bajarishida boshqacha tarzda yondashishiga yordam beradi”.

Taqdimotgacha berilgan mazkur vaʼda qanchalik rostligini esa vaqt koʻrsatadi.

Yana ozroq ishi qolgan...

OpenAI GPT-4 ni taqdim etgach, bosh direktor Sem Altman Twitter sahifasida sunʼiy intellektning “eng qobiliyatli” model deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, u “hozircha oldindan bor boʻlgan baʼzi bir nuqsonlardan xalos boʻlganicha yoʻq”, dedi.

Altmanning taʼkidlashicha, GPT-4 oldingi versiyalarga qaraganda koʻproq ijodiy va tabiiy yondashadi.

GPT-3.5 dan farqli oʻlaroq, GPT-4 nafaqat matnni, balki tasvirlarni ham tushuna oladi. Bu variant hozirda kompaniyaning faqat bitta hamkori tomonidan sinovdan oʻtkazilmoqda, deb yozdi TechCrunch.

OpenAI taʼkidlashicha, oddiy suhbatda GPT-3.5 va GPT-4 oʻrtasidagi farq “kam” boʻlishi mumkin, ammo vazifa murakkabroq va “batafsil koʻrsatmalar” talab qilinganda farq juda ham seziladi.

Aʼlochi sunʼiy intellekt

GPT-4 modelining yana bir ustunligi — sunʼiy intellekt turli sohalarga doir imtihonlarni salkam “5 bahoga” topshirdi.

Avval xabar qilinganidek, GPT-4 multimodal imkoniyatlarga ega, kiritilgan tasvirlarni qabul qilishi va ularning mazmunini tushunishi mumkin.

U turli xil professional va akademik testlarni inson darajasida topshirgan.

Misol uchun, advokatlik imtihonida GPT-4 yuqori 10% da yaxshi natijalarga erishdi.

AQSh kollejiga kirish imtihonining SAT test savollarida GPT-4 oʻqish va yozish boʻyicha 710 ball va matematikadan 700 ball (800 balldan) olgan.

Narxi

Hozircha Pulli ChatGPT Plus abonentlari birinchi boʻlib kirish huquqiga ega boʻlishadi, qolganlar esa “tegirmon navbati bilan” deganlaridek, dunyoning eng kuchli sunʼiy intellekti uchun navbatga roʻyxatga yozilishi taklif etiladi.

Maʼlumot uchun, ChatGPT pullik va bepul obunaga ega edi. Pullik obuna narxi 20 dollar boʻlib, ayni paytda shunday obunaga ega kishilar uchun yangi GPT-4 dan navbatsiz foydalanish imkoniyati bor.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04