Google Gemini va GPT-4: qaysi sunʼiy intellekt yaxshiroq?
Google Gemini AI va GPT-4 modeli asosidagi OpenAIʼning ChatGPTʼsi bugungi kundagi eng katta sunʼiy intellekt hisoblanadi.
Ular matn, tasvir, video, audio va kodni tushunishi hamda ular bilan oʻzaro aloqada boʻlishi, shuningdek, turli xil oʻzgarishlarni taqdim qilishi mumkin. Buning ustiga, inson omili ishlatilganida koʻp pul va vaqt talab qiladigan tajribani salkam bepul taqdim etadilar.
Ammo, agar siz qaysi vositadan koʻproq foydalanishni, aniqrogʻi qaysi biri yaxshiroq ekanligini bilishni tezda bilmoqchi boʻlsangiz, u holda quyidagi maqolani toʻliq oʻqib chiqing. Demak, ketdik.
Versiyalari va narxlari
Gemini hozirda Pro va Nano versiyalarida mavjud, ammo Ultra hali chiqarilmagan.
GPT-4 ham xuddi shunday. Gemini Pro 2023-yil 6-dekabrdan boshlab Bard orqali bepul taqdim etilmoqda — undan foydalanish uchun sizga Google akkaunti kerak boʻladi. GPT-4 faqat ChatGPT vositasida GPT-Plus obunasi bilan mavjud, bu sizga oyiga 20 dollarga tushadi.
Siz Microsoft Bing Chat orqali GPT 3.5 (va mavjudligiga qarab, baʼzan GPT-4)dan foydalanishingiz mumkin, shuningdek, cheklangan imkoniyatlarda GPT-4-dan bepul foydalanishga imkon beruvchi baʼzi vositalar ham mavjud, ammo undan foydalanishning asosiy usuli — bu ChatGPT.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, Gemini Pro AIʼning anchayin samarali shakli boʻlsa-da, u oxirgi mukammal versiya emas. Kelgusida Google Gemini Ultra keyinroq chiqarilishi va uning haligi eng kuchli AI yechimi boʻlishi vaʼda qilinmoqda. Shuningdek, Google baʼzi smartfonlarda mahalliy darajada ishlaydigan va cheklangan funksiyalar toʻplamiga ega boʻlgan Gemini Nanoʻni ishga tushirgan boʻlib, u asosan matn va tuzatish vositasi sifatida ishlatiladi.
Qanday funksiyalarni bajaradi?
Gemini va GPT-4 ning asosiy xususiyatlari juda oʻxshash. Ikkalasi ham matn, tasvir, video, audio va kod bilan oʻzaro munosabatda boʻlishi hamda sharhlashi mumkin, bu esa ulardan keng koʻlamli vazifalar uchun foydalanish imkonini beradi.
Siz ular bilan suhbatlashishingiz yoki ikkala chatbotga savollar berishingiz, ulardan biror taom tarkibini soʻrashingiz va unga asoslangan retseptni taklif qilishingiz, kodingizni yanada samaraliroq qilish uchun optimallashtirishni, juda koʻp odamlar ishtirokidagi videoda qancha odam borligini taxmin qilishni yoki biror masalada qanday yechim qilishni soʻrashingiz mumkin.
Ikkala sunʼiy intellektni ham qoʻshimcha kengaytmalar bilan yaxshilash mumkin, biroq yozish paytida Googleʼning Gemini’si imkoniyatlari cheklangan. Gemini Google Flights, Mehmonxonalar, Xaritalar, YouTube va bir qator Google Workspace ilovalaridan foydalanishi mumkin, bu sizga hujjatlar bilan ishlash, parvoz va mehmonxona haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni topish kabilar imkonini beradi.
Biroq, OpenAIʼning GPT-4 plaginlari va kengaytmalari ancha katta boʻlib, ularning aksariyati uchinchi shaxslar tomonidan yaratilgan. Ushbu xususiyatlarning baʼzilari GT4-da taqdim etilayotgan boʻlsa-da, yangilanish davom etar ekan, xarid qilish, ilgʻor matematika, minglab boshqa ilovalar bilan integratsiya va restoranlarni band qilishda yordam beradigan koʻplab uchinchi tomon kengaytmalari paydo boʻladi. Hozirda maslahatlarni yaxshiroq yozishga yordam beradigan plaginlar ham mavjud.
Moslashtirish borasida GPT-4 Gemini’dan ham koʻproq afzalliklarga ega. U suhbatga keyinroq qaytganingizda kontekstlarni takrorlayvermaslikka yordam beradi. Gemini sizga yangi chatlarni ishga tushirish imkonini beradi, ammo hozirda hech qanday sozlash imkoniyatlari yoʻq.
GPT-4 ham tasvirlarni tez generatsiya qilishi mumkin. Gemini ham shunday funksiya uchun moʻljallangan boʻlsa-da, hozircha bunga qodir emas. GPT-4 da Dall-E 3 oʻrnatilgan, shuning uchun agar siz allaqachon GPT-Plus obunasini olgan boʻlsangiz, tasvir uchun alohida pul toʻlashingiz shart emas.
Biroq, Geminiʼning javob vaqti nisbatan tezroq.
GPT-4ʼda kichik toʻxtashlar mavjud, foydalanish chogʻida koʻpincha GPT-4 reaksiyalari sekinlashadi yoki hatto toʻliq toʻxtab qolishi ham mumkin, bu esa GPT-4ni qisqa vaqt davomida yaroqsiz holga keltiradi, Gemini aksincha, juda tez reaksiyaga kirishadi.
Ikkala vosita ham ular taqdim etayotgan maʼlumotlarni tekshirish imkoniyatini beradi.
GPT-4 oʻz javoblarining oxirida bildirgan fikrlari uchun manba havolalarini taqdim etadi va Geminiʼda siz oʻzingiz tasdiqlash uchun qidirayotgan maʼlumotni Google orqali qidirishingiz mumkin boʻlgan tugma mavjud.
Qaysi biri yaxshiroq: Gemini yoki GPT-4?
Google Geminiʼni ishga tushirganida, u oʻzining Pro modeli GPT-4 dan bir qator sunʼiy intellekt ilovalari va testlarida, jumladan, fikr yuritish qobiliyati bilan ustun turishini namoyish etgandi. Biroq, buni real dunyoda sinab koʻrish ancha qiyin, chunki ikkala AI ham matn, rasm, video yoki kodlash boʻlsin, bir xil soʻrovlarga javoblarni taqdim etadi.
Aytaylik, oʻyin dasturlash boʻyicha savollar berishda ikkala AI ham foydali va ikkalasi ham suhbat chatbotlari kabi ishlaydi. Biroq, Gemini baʼzi odamlarning tasvirlarini muhokama qilish yoki ular bilan muloqot qilishdan qochish uchun dasturlashtirilgan koʻrinadi. U koʻrsatilgan mashhurlar kiyimlarini tasvirlashdan va shaxs haqidagi fikrlardan bosh tortgan hamda koʻp narsani aytolmadi. GPT-4 da bunday muammolar yoʻq edi.
Bularning barchasini inobatga olgan holda, GPT-4 afzalligi borligi koʻrinadi. U plaginlar va moslashtirilgan chatbotlar tufayli koʻproq imkoniyatlarga ega boʻlgan yanada rivojlangan vositadir.
Gemini juda tez javob beradi, lekin u toʻliq xususiyatga ega emas. Sunʼiy intellektning Gemini Ultra versiyasida hozirda mavjud boʻlmagan xususiyatlar boʻlishi vaʼda qilinmoqda, buni esa vaqt koʻrsatadi.