Google ChatGPT bilan raqobat qilish uchun BARD AI chatbotini ishga tushirdi

Google chatbotlar bozorida OpenAI va Microsoft bilan raqobatlashish uchun sun’iy intellekt asosida ishlaydigan BARD chatbotini taqdim etdi. BARD notoʻgʻri ma'lumotlarni yoʻq qilish bilan birga samaradorlik, ijodkorlik va qiziqishni oshirishga qaratilgan.

BARD xozirda faqatgina AQSh va Buyuk Britaniyada ishlaydi, boshqa mamlakatlar va tillarga kengaytirilishi kutilmoqda. Siz BARD’dan maslahatlar, tushuntirishlar yoki blog postlarini tayyorlash kabi vazifalar boʻyicha ijodiy yordam olish uchun foydalanishingiz mumkin.

Texnik tafsilotlar

  • BARD Google qidiruvini toʻldirish uchun moʻljallangan boʻlib, foydalanuvchilarga uning javoblarini tekshirish yoki internetdagi manbalarni koʻrish imkonini beradi.
  • Mustaqil veb-sahifa sifatida ishlaydigan BARD Google qidiruv tizimiga integratsiyalangan emas, balki alohida so‘rov maydonidan iborat.

2015-yildan beri xatolari ustida ishlanayotgan BARD tez orada taqdim etiladi

Biroq, OpenAI va Microsoft chatbotlari singari, BARD ham notoʻgʻri ma’lumot generatsiya qilish, ayrim guruhlarga nisbatan tarafkashlik qilishi aniqlangani tufayli kengroq auditoriyaga chiqarilmagan edi. Botning mazkur “ayblarini” tan olgan holda, Google ular ustida ishlab bo‘lgach, BARDni bozorga chiqarmoqchi.

Google LLMlar vaqti-vaqti bilan notoʻgʻri, chalgʻituvchi yoki yolgʻon ma'lumotlarni taqdim etishi mumkinligini ham tan oladi. Ushbu muammolarni kamaytirish uchun Google sizga bir nechta BARD javoblaridan birini tanlash imkonini beradi.

Siz bard.google.com saytida BARDni sinab koʻrish uchun roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Google roʻyxatdan oʻtish uchun foydalanuvchilardan Gmail manziliga ega boʻlish so‘raladi (Google Workspace kabi elektron pochta hisoblarini qabul qilmaydi).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23