“Garri Potter” uslubidagi Xiaomi Redmi buds AliExpressda sotuvga chiqarildi

Gadjetni O‘zbekistondan turib ham xarid qilishi mumkin — ajoyib dizayndagi Redmi buds narxi taxminan 893 000 soʻm atrofida, yetkazib berish esa bepul.

Cheklangan ekzemplyarda chiqarilgan quloqchinlarning hamyonbop narxi ajablantiradi. Toʻplam, oltin snitch va Garri Potter filmidagi boyqush, 9 va 3/4 platformasi kabilar tasvirlangan charmli chexol bilan taqdim etilgan.

Quloqchinlarning oʻzi va zaryadlovchi qutisi toʻq koʻk rangda ishlangan boʻlib, Xogvarts sehrgarlik maktabining oltin gerbi tasvirlangan, orqa tomonida esa film logotipi va Redmi brendini koʻrish mumkin. Bundan tashqari, minigarnituralarda Garri Potterning chandigʻini ifodalovchi chaqmoq tasviri bor.

Naushniklar batareya quvvatini tejaydigan Bluetooth 5.3 bilan jihozlangan. Zaryadlovchi korpusining sigʻimi 490 mA/soat, minigarnituralarning oʻzi esa 48 mA/soat boʻlib, ishlab chiqaruvchining maʼlumotlariga koʻra, batareyaning 20 soatgacha ishlash muddatini taʼminlaydi.

Garnitura IP54 standartiga mos keladi va chang va suv sachrashidan himoyalangan, umumiy ogʻirligi esa 4,5 grammni tashkil qiladi. Mahsulotni ko‘rish va xarid qilish uchun havola: https://aliexpress.ru/item/1005005407012455.html?sku_id=12000032935556117

Avvalroq bir nechta fasldan iborat, yangi talqindagi Garri Potter serialini suratga olish boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47