Eng yaxshi shovqinsiz quloqchinlar va ularning narxi

Apple, Sony, Bose va boshqa brendlarning shovqinni bartaraf etuvchi eng yaxshi headphone garnituralari ro‘yxati hamda yurtimizdagi narxlari.

Quloqchin garnituralarini tanlashdan oldin ularning farqiga borish zarar qilmaydi. Eshitish uchun mo‘ljallangan garnituralar bir necha turda bo‘ladi:

  • over-ear headphones — quloq sohasini to‘liq yopadigan garnitura, boshga taqiladi va dastagi qalin bo‘ladi. Ular odatda shovqinni maksimal o‘chiradi va texnik ustunliklaridan tashqari tashqi ko‘rinishi bilan diqqatni tortadi.
  • On-ear headphones — hajmi jihatidan ixchamroq va dastagi ingichka garnitura, ohang kuchi (bass) ham pastroq bo‘ladi. Yuqoridagi sherigi kabi sifatlarga ega.
  • Earbuds va airpods — simli va Bluetooth orqali ulanadigan bo‘ladi, hajmi hamda olib yurishga qulayligi jihatidan eng ko‘p xarid qilinadigan garnituralar hisoblanadi. 

Demak, agar siz headphone sotib olmoqchi bo‘lsangiz, mazkur maqolada eng yaxshi over-ear va on-ear headphones garnituralari borasida tavsiyalar beramiz. 

Sony WH-1000XM5

Eksklyuziv garnituralarni xush ko‘ruvchilar Sony brendi bilan yaxshi tanish. WH-1000XM4ʼning yangilangan va yaxshilangan versiyasi hisoblangan Sony WH-1000XM5 premium quloqchin istaganlar uchun eng yaxshi variant. 

Sony WH-1000XM5ʼni Uzum, Asaxiy, MacBro kabi online do‘konlardagi narxlarni solishtirib ko‘rdik. Garnitura narxi 310-360$ atrofida ekan. 

Eng yaxshi narx: 

  • MacBro — 4 123 0000 so‘m
  • Olx — 3 230 104 so‘m. 

Bose QuietComfort 45

Ajoyib shovqinni pasaytiruvchi, USB-Cʼga ega, uzoq vaqtga chidamli batareyali garnitura. Quvvati 24 soatga yetadi, ko‘rinishiga nisbatan yengil, bas, o‘rta chastotani sozlash mumkin, garchi Sony kabi ovoz yetkazish texnikasi kuchli bo‘lmasada, qulaylik borasida barcha imkoniyatlarga ega.

  • Olx — 3 mln 400 ming so‘m atrofida.

Apple AirPods Max 

Mazkur tavsiyamizning birinchisidayoq Appleʼni kutgan bo‘lsangiz kerak. Albatta, ovoz sifati, 3D, 8D ohanglar uchun AirPods Max haqiqiy emotsiyalarni yetkazib beradi, bundan tashqari u barcha Apple mahsulotlariga oson mos kelishi bilan ustunlikka ega. Alyuminiy, po‘lat va matodan ishlangan garnitura mazkur ro‘yxatdagilardan dizayn va materiali bilan ham ajralib turadi. 

Narxi:

  • 7 mln 800 ming so‘m atrofida (Asaxiy). 
  • 7 mln 524 ming so‘m — Openshop.uz
  • Olx — 7 mln 367 ming so‘m.

Sennheiser Momentum Wireless 4

60 soatlik batareya quvvati va beqiyos qulaylikka ega Sennheiser Momentum 4 shovqinni bekor qiluvchi minigarnituralari sifatli ohang yetkazib beradi.

Bu garnitura shovqinni yo‘qotishda Sony VH-1000XM5 bilan bir xil. Biroq ovoz balandligi borasida Sony va Base kabi kuchli emas.

Bose Noise Cancelling Headphones 700

Shovqinni pasaytirish va 20 soat batareya quvvati, bir vaqtning o‘zida 2 ta qurilmaga ulash mumkin. 

Narxi: 3 mln 699 ming so‘m (Uzum).

Marshall Monitor II ANC

Ajoyib dizayn, shovqinni o‘chirish yoqilganida 30 soatga (o‘chiq holatida 45 soat) yetadigan quvvat manbaiga ega garnitura ovoz sifatida borasida ham ushbu ro‘yxatdagi ko‘plab modellar bilan tenglasha oladi. 

Narxi: 

  • Kattabozor — 2 mln 508 ming so‘m
  • MacBro — 4 mln 600 ming so‘m
  • Tovar.uz — 3 mln 457 ming so‘m
  • Beats Studio 3 Vireless

Beats Studio 3 

Apple kompaniyasining V1 simsiz chipiga ega bo‘lib, tez ulanish va Apple qurilmalari bilan oson moslashish imkoniyati bor. Simsiz quloqchinlar Bluetooth orqali ulanadi va 3,5 mm simli ulanishni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Beats Studio 3 Vireless — Apple xohlagan, biro AirPods Max narxi qimmatlik qilganlar uchun ayni muddao. Beats Studio 3 taqib yurish uchun qulay, ko‘tarib yurganingizda buklab olishingiz mumkin, shuningdek, Apple qurilmalariga tez ulanish imkonini beruvchi V1 simsiz chipiga ega. Yana shuni hisobga olish kerakki, Apple yangi H1 chipi bilan ishlab chiqarilgan quloqchinlaridan farqli o‘laroq, bu quloqchinlar Siriʼni qo‘llab-quvvatlamaydi hamda Lightning yoki USB-C porti o‘rniga Micro USB port orqali quvvatlanadi.

Narxi:

  • Olx — 2 mln 387 ming so‘m
  • Openshop.uz — 3 mln 329 ming so‘m
  • MacBro — 4 mln 128 ming so‘m.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10