Xiaomi Himo Z20 elektrovelosipedi tafsilotlari va Oʻzbekistondagi narxi

Tezligi 25 km/s ni tashkil qiladigan Xiaomi Himo Z20 elektrovelosipedi, avtomobildan xavfsiz, piyoda yurgandan esa yaxshiroq tanlov. Ayniqsa, sog‘lom turmush tarzi va ekologiya tarafdori bo‘lganlar uchun eng zo‘r tanlov, deyish mumkin.

touch.com

Texnik xususiyatlari

Elektrovelosiped ixcham va yengil: vazni 21,6 kg, shuning uchun velosipedni koʻtarishda hech qanday qiyinchiliklar bo’lmaydi. Texnikani yigʻishga 10 soniya ketadi, bundan tashqari muhftasi oq chiroqlar bilan jihozlangan. Oʻrindiq ostida orqa faralari oʻrnatilgan.

Velosiped 100 kg gacha koʻtaradi. Pedallar ortib borayotgan mexanik kuchlanishga chidamli plastikdan qilingan. Oʻrindiq ustunini olib tashlasangiz, uning ichida koʻchma velosiped nasosi boʻladi.

Modelning namlikka chidamliligi undan oldingi Himo C20 ga nisbatan yaxshiroq ishlab chiqilgan. Bunda yomg’irda muammosiz boshqaruvga kafolat beruvchi IPX7 standartiga asoslangan.

Rulda suv oʻtkazmaydigan Crystal Clear LCD displey joylashgan. Ekranda batareya darajasi, joriy tezlik, tanlangan rejim, joriy zaryadning yana qancha masofaga yetishi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.

Xiaomi Himo Z20 deyarli shovqinsiz 250 Vt quvvatli elektr motorga ega. Modelning afzalliklari vektor boshqaruv tizimini oʻz ichiga oladi. Uning vazifasi maʼlumotni displeyga onlayn uzatish va velosipedning holatini tahlil qilishdir. Muammolar yuzaga kelsa, foydalanuvchi oʻz vaqtida ular haqida ogohlantiriladi.

Himo Z20 elektr velosipedi harakatchanlikni afzal koʻradiganlar uchun ajoyib variant. U osongina yigʻiladi va koʻtarish uchun qulay. Eng yaxshi oʻzgarishlardan biri — suyuq kristalli displeyning mavjudligi boʻlib, unda joriy sayohat va transport holati haqidagi maʼlumotlar onlayn formatda taqdim etiladi. Afsuski, modelda Bluetooth ulanish yo‘q, shuning uchun uni smartfon bilan ulab bo‘lmaydi.

Narxi

Himo Z20 elektrovelosipedining O‘zbekistondagi narxi 10 790 000 soʻmni tashkil qiladi (Asaxiy).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47