Endilikda Windows 11ni iPhone bilan bogʻlash va iMessageʼdan xabar yuborish mumkin

Yangilangan Microsoft Phone Link dasturi iOSʼni qoʻllab-quvvatlaydi.

Microsoft oʻzining Phone Link ilovasini may oyining oʻrtalariga qadar foydalanishga topshirishga vaʼda bergandi va ayni kunda taqdim etdi ham. 

Phone Link endi iPhone egalariga Windows 11 oʻrnatilgan kompyuterga ulanish, iMessage orqali xabarlar joʻnatish va qabul qilish, qoʻngʻiroq qilish va kiruvchi qoʻngʻiroqlarni qabul qilish hamda shaxsiy kompyuter yoki noutbukda iPhoneʼga kelgan bildirishnomalarini koʻrish imkonini beradi.

Phone Link ilovasi yangilanishi endi 85 ta mamlakatda mavjud va qoʻngʻiroqlar, xabarlar hamda bildirishnomalarni Bluetooth orqali iPhoneʼdan qabul qilib oladi.

Biroq bunda rasm ulashish yoki koʻrish funksiyasi yoʻq. Shuningdek, toʻliq yozishmalar va oldin kelgan barcha xabarlarni koʻrib boʻlmaydi.

Phone Link ilovasining soʻnggi yangilanishini  Windows 11 o‘rnatilgan kompyuterga Microsoft Store’dan yuklash mumkin.

Avvalroq Windows 11 rasmlardagi keraksiz obyektlarni osongina olib tashlash funksiyasiga ega boʻlgandi. Spot Fix deb nomlanuvchi yangi funksiya tasvirdagi istalgan kamchilikni bir necha soniyalarda bartaraf qiladi. Buning uchun alohida ilova yuklash yoki pullik obunalar o‘rnatish kerak bo‘lmaydi.


Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47