Barcha neyrotarmoqlar jamlangan ensiklopediya taqdim qilindi

Diplom ishi tayyorlash, kod yozish, bir klikda video tayyorlash, sovgʻa tanlash va boringki depressiyadan chiqishingizda ham yordam beradigan 1 000 dan ortiq AI loyihalari aynan shu yerda.

Barcha sunʼiy idrok loyihalari yagona ensiklopediyaga jamlandi. Mazkur platformada siz shu kungacha yaratilgan turli yoʻnalishlardagi AI xizmatlarni topasiz.

1 000 dan ortiq neyrotarmoqlar loyihalari bitta ensiklopediyaga toʻplangan. AIcyclopedia saytida neyrotarmoqlar pullik va bepulga boʻlingan, shuningdek, turli podkast, yangilik va materiallardan ham foydalanish mumkin.

Misol uchun, oldinroq uyni taʼmirdan keyingi holatini koʻrsatib beradigan sunʼiy intellekt, uyingizda bor mahsulotlardan taom tayyorlashni oʻrgatadigan ChefGPT, eski rasmlarni tiklab beradigan Nostalgia Photo, boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻingizning xarakteri qanchalik mos kelishini aniqlab beradigan Ferret, oʻsha mashhur ChatGPT va boshqa sunʼiy intellekt manbalari yoʻnallishlari boʻyicha tartiblab berilgan.

AIcyclopedia asosiy sahifasida bir nechta boʻlimlar bor, saytdan foydalanish oson, kirganingizda siz AI Tools — neyrotarmoqlar kartalari, ularning vazifasi haqida qisqacha berilgan boʻlimni koʻrasiz. Shunga koʻra, oʻzingizga kerakli AI loyihaga kirib foydalanishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17