Amazonning kosmosdan internet uzatuvchi loyihasi Starlink raqobatchisiga aylanishi mumkin

Amazon sunʼiy yoʻldosh orqali Internetni uzatish uchun moʻljallangan Kuiper terminali tasvirlarini namoyish qildi. Ishlab chiqilishiga bir necha yil sarflangan loyiha SpaceX Starlinkʼining analogi va raqobatchisiga aylanishi mumkin.

Kuiper terminallarining uch xil ko'rinishi

Kompaniya maʼlum qilishicha, bir vaqtning oʻzida turli kirish tezligiga ega terminallarning 3 ta versiyasi sotuvga chiqariladi. 7 dyuymli asosiy texnologiya 100 Mbit/s gacha tezlikda ulanadi, uni yigʻish va koʻtarib yurish mumkin.  

Sayohat uchun mo'ljallangan model
Sayohat uchun mo'ljallangan model

11 dyuymli versiya binoga oʻrnatish uchun moʻljallangan va 400 Mbit/s gacha tezlikni taʼminlaydi. Statsionar foydalanish uchun koʻproq mos keladi.

Uy uchun model
Uy uchun model

19x30 dyuymli terminalning uchinchi versiyasi 1 Gbit/s gacha tezlikda ulanishni taʼminlaydi. U korporativ foydalanuvchilar uchun moʻljallangan.

Terminallar qiymati va ulardan foydalanish uchun abonent qiymati hozircha maʼlum qilinmagan, shu sababli narx borasida Kuiper terminallari Starlink bilan qay darajada raqobatlashishini aytish qiyin.

Korporativ model
Korporativ model

Kuiper loyihasining dastlabki 2 sunʼiy yoʻldoshi joriy yilda, uchirilishi esa 2024-yilda boshlanishi kutilmoqda. Kelgusi yilning oxiriga kelib, birinchi foydalanuvchilar tarmoqqa kirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Maʼlumot uchun, Amazon Ilon Mask kompaniyalariga raqobatchi boʻlish talabida boʻlganlarning birinchisi emas, oldinroq Xitoy Yer quyi orbitasida butun dunyo boʻylab internet aloqasini tarqatish uchun Amerikaning Starlink kompaniyasiga teng keladigan ulkan sunʼiy yoʻldosh tarmogʻini qurayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56