Acer Legendary X16 — R7-7840H + RTX 4050 noutbukini taqdim qildi

Noutbuk AMD Ryzen R7-7840H protsessori asosida ishlaydi, standart sifatida RTX 4050 grafik kartasi, 16 GB LPDDR5 6400 xotira va 1 TB SSD bilan jihozlangan.

Acer kompaniyasi Xitoyda AMD Ryzen 7040H seriyali protsessor bilan jihozlangan yangi Acer Legendary X16 noutbukini taqdim etdi.

Acer Legendary X16 noutbuki 16 dyuymli 3,2K OLED-ekranga ega, 120 Gts yangilanish tezligi, tomonlar nisbati 90%, DCI-P3 rang qoplamining 100% va yorqinligi 500 nits. Noutbuk DisplayHDR True Black 500 va koʻzni himoya qilish sertifikatiga ega.

Acer Legendary X16 ogʻirligi 1,9 kg boʻlgan metall korpusda ishlab chiqarilgan boʻlib, 76 Vt akkumulyator oʻrnatilgan. Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning aytishicha, qurilmaning batareya quvvati 10 soatni tashkil qiladi.

Shuningdek, SSD uchun ikkita PCIe 4.0 M.2 sloti, DTS:X Ultra audio, Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.1, HDMI 2.1, USB 3.2 Gen2, USB 3.2 Gen1, 2×Type-C, eshitish uchun 3,5 mm sloti va Micro mavjud.

Acer Legendary X16 Xitoyda 1 117 dollarga sotilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47