21 yil deganda Windows XP faollashtirish tizimini buzishga muvaffaq boʻlindi

Ko‘ngilli “xakerlar” butunlay oflayn rejimda ishlaydigan yangi faollashtirish vositasini yaratdilar.

Tomʼs Hardware nashriga koʻra, Windows XP operatsion tizimi chiqarilganidan 21 yil oʻtib ishqibozlar uni faollashtirish algoritmini buzib kirishdi.

Xakerlar Microsoft Windows XP tizimidagi kalitlarni tekshirish uchun foydalanadigan algoritmni buzib, uni qayta ishlab chiqdi. Natijada, endi Internetga ulanmasdan Windows XP uchun joriy faollashtirish kodlarini yaratish mumkin. Toʻgʻri, Microsoft allaqachon barcha Windows XP faollashtirish serverlarini oʻchirib qoʻygan.

Qizigʻi shundaki, faollashtirish tizimni tozalash yoki qayta oʻrnatishdan keyin ham saqlanib qoladi. Buning sababi shundaki, faollashtirish tizim oʻrnatilgan qurilmaning xususiyatlariga bogʻliq.

Dastur yaratuvchilari taʼkidlashicha, ushbu usul tizimni Internetga ulanmasdan faollashtirish imkonini beradi, bu Windows XP uchun xavfsizlik yangilanishlari yoʻqligini hisobga olgan holda xavfsizroq variant hisoblanadi. Ilgari bu mumkin emas edi, chunki eski aktivatorlar endi mavjud boʻlmagan Microsoft serverlariga kirishni talab qilishdi.

Avvalroq Windows 11 da paydo bo‘lgan Copilot sun’iy intellekt yordamchisi haqida ma’lumot berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47