120 Gts displeyli Xiaomi Book 14 namoyish etildi

2,8K 120 Gts displeyli va 12-avlod Intel protsessorlariga ega Xiaomi Book 14 dunyo boʻylab sotuvga chiqarildi.

Xiaomi muxlislari Xiaomi 14 seriyali smartfonlarining Xitoydan tashqarida sotuvga chiqarilishini kutayotgan bir paytda brend jahon bozorida yangi Xiaomi Book 14 noutbukini sotuvga chiqardi. Ushbu 14 dyuymli noutbuk yuqori aniqlikdagi displey, Intel chiplari, 12-avlod protsessoriga ega.

Xiaomi 14 noutbukining xususiyatlari

Xiaomi Book 14 yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etuvchi 14 dyuymli 2,8K displeyi bilan jihozlangan. Displey 120 Gts gacha yangilanish tezligini qoʻllab-quvvatlaydi, yorqinligi 300 nits va kontrast nisbati 1500:1 ni tashkil qiladi. Shuningdek, u sRGB rang maydonining 100% ni qamrab oladi va bu uni rang aniqligini talab qiladigan ilovalarda yaxshi ishlashini taʼminlaydi.

Konfiguratsiyaga kelsak, ikkita variant mavjud. Yuqori darajadagi versiyada Intel Core i5-12500H protsessor, Intel Iris Xe grafikasi, 16 Gb LPDDR5 operativ xotira va 512 Gb PCIe 4.0 SSD mavjud. Shu bilan bir qatorda, boshqa versiyada Intel Core i3-1220P protsessori, Intel UHD grafikasi, 8 Gb LPDDR5 operativ xotira va 256 Gb PCIe 4.0 SSD bor boʻlib, u anchayin tejamkor variant hisoblanadi.

Noutbuk 56 Vt quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan boʻlib, deyarli 12 soatlik batareya quvvatini taʼminlaydi. Aloqa imkoniyatlari keng doiradagi tashqi qurilmalarni qoʻllab-quvvatlaydigan HDMI 2.1, USB-C 3.2 Gen 2, WiFi 6 va Bluetooth 5.2 ni oʻz ichiga oladi. Xiaomi Book 14 oldindan oʻrnatilgan Windows 11 Home bilan birga keladi. Noutbukning ogʻirligi taxminan 1,37 kg.

Hozircha narxi haqida maʼlumot yoʻq. Ammo u allaqachon global veb-saytlarga joylangan va shu sababli, narxi tafsilotlari tez orada paydo boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Ilon Maskning biz bilmagan 50 000 dollarlik kichkina uyi va kamtarona hayoti namoyish qilindi
Yaqinda Maskning tarjimai holini soʻzlab bergan Valter Ayzekson oʻzining Twitter sahifasida dunyodagi eng boy odamning kamtarona uyi haqida hikoya qildi.
Lifestyle
03 dekabr, 22:53
2023-yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi: iPhone yana birinchi o‘rinda emas
Roʻyxatdan mazkur yili chiqarilgan eng arzon smartfondan tortib eng qimmatlarigacha joy olgan.
Smartfon
30 noyabr, 13:27
Oddiy komikslar yaratishga yordam beradigan 5 ta AI vositalari
Komikslar yaratishni istaydigan, lekin kerakli koʻnikmalarga ega boʻlmaganlar uchun eng yaxshi AI vositalarini quyida tavsiya qilamiz.
Lifehacker
27 noyabr, 12:20
Xiaomi elektromobilining real rasmlari birinchi marta internetda paydo boʻldi
Ancha vaqtdan beri muhokama qilinib kelinayotgan Xiaomi SU7 elektromobili ichki ko‘rinishi nihoyat ma’lum bo‘ldi.
Avto
25 noyabr, 13:25