Rasmdagi libosni topish uchun top-7 ilova

Siz rasm boʻyicha kiyim qidirmoqchimisiz? Skrinshot orqali libos topa oladigon Android va iOS uchun moʻljallangan eng yaxshi ilovalar haqida gaplashamiz.

Аvvallari hammamizda mashhur insonlarning koʼrkam libos kiyganini koʼrib ushbu libosni kiyish istagi paydo boʼlar, ammo, bu istak ayrim sabablarga koʼra, orzuligicha qolar edi. Bugun siz amalga oshirishingiz kerak boʼlgan yagona ish - bu kiyimning fotosuratini olish. AI skanerlash texnologiyasi orqali Internetda oʼxshash modellarni istalgancha topa olasiz!

Mobil telefoningiz yordamida rasm orqali libos topish imkonini beruvchi ilovalar roʼyxati bilan tanishing:

1. Google Lens

Tasvirni aniqlash vositasi Google Lens kiyim-kechak, taqinchoqlar va aksessuarlarning shakllarini identifikasiya qiladi. Undan foydalanish uchun rasmga olish ham shart emas. Kiyim qismini obyektiv ramkasiga olib keling va agar mos kelsa, Google Lens uni oʼzi koʼk belgi bilan ajratib oladi.

Shundan soʼng, ilova Google Shopping sahifasini ochadi va sizga oson xarid qilish uchun Amazon va Walmart kabi bir nechta veb-saytlarga havolalar beradi. Google Lens liboslar bilan ham ishlaydi. Shunday qilib, siz boshqa odamning qiyofasini skaner qilganingizda, u kiygan barcha kiyimlarni alohida aniqlaydi.

Google Lens Androidda mustaqil ilova sifatida, iOS-da esa Google ilovasi orqali mavjud. Bu kabi ilovalar koʼp boʼlsa-da hech biri Google Lensday kuchga ega emas.

2. CamFind

CamFind – oʼziga xos vizual qidiruv tizimi platformasi. Bu Android va iOS uchun eng yaxshi moda ilovalaridan biri. Ishlash jarayoni juda oson: rasmga olasiz va bir necha soniya kutasiz: natija ekraningizda. Xarid qilish havolalari, mahsulot tavsifi va tegishli Youtube videolarini taqdim yetadi.

Natijalaringizni baham koʼrishingiz va moda tendentsiyalarini tushunish,shuningdek, oʼxshash xaridorlar bilan bogʼlanish uchun boshqa odamlar nimani qidirayotganini koʼrib chiqishingiz mumkin. Аgar siz uning hamjamiyat xususiyatlaridan mamnun boʼlmasangiz, shaxsiy rejim mavjud.

CamFind Google Lensga qaraganda ishonchsizroq va biroz sekinroq, ammo yuqori darajada yaxshi oʼrganilgan natijalarni taqdim etadi. CamFind shuningdek, tarjima qilish, narxlarni taqqoslash va hatto xarid qilishda sizga yordam berish uchun Uber va Lyft bilan hamkorlik kabi boshqa ajoyib xususiyatlarni ham oʼz ichiga oladi.

3. Amazon StyleSnap

Amazonning asosiy xarid qilish ilovasida kiyimga yoʼnaltirilgan vizual qidiruv tizimi ham mavjud, yaʼni, siz kiyimni faqat rasmdan topishingiz mumkin. Amazon ilovasining qidiruv panelidagi kamera belgisiga bosib, soʼng, StyleSnap -ni tanlash orqali optsiyaga kirishingiz mumkin.

Uni bosganingizda, ilova kamerani ishga tushiradi va siz uni skaner qilmoqchi boʼlgan kiyim obʼektiga yoʼnaltirishingiz kerak boʼladi. Shu bilan bir qatorda, siz telefoningiz galereyasidan rasm yuklashingiz mumkin. Agar u Amazonda topilsa, tavsiya etilgan mahsulotlar roʼyxatini koʼrishingiz mumkin. U kiyimning har bir tan olingan qismi uchun turli xil variantlarni taklif qiladi.

Amazon StyleSnap faqat ayrim hududlarda mavjud.

4. Pinterest

Pinterest mobil ilovalarida Lens vizual qidiruv vositasi ijtimoiy tarmoqdagi minglab postlarni tasvirlar orqali qidirish imkonini beradi. Google Lens singari, butun obrazning har bir elementini identifikatsiya qilishi mumkin.

Bundan tashqari, Pinterest mahsulotlarni xarid qilish havolalarini koʼrsatadi. Ushbu funktsiya uchun Pinterest ilovasi ShopStyle bilan hamkorlik qildi. Shunday qilib, siz Amazon yoki boshqa tijorat veb-saytlariga havolalarni topa olmaysiz.

Pinterest Lens boshqa AI linzalari yordamida topish qiyin boʼlishi mumkin boʼlgan noaniq moda buyumlari topish uchun juda foydali. Ilova oʼzining goʼzallik hamjamiyatidagi ishtirokini oshirmoqda va siz hatto yangi makiyaj turini virtual ravishda sinab koʼrish uchun Pinterestdan foydalanishingiz mumkin.

5. ASOS

Britaniyalik moda riteylerining ASOS ilovasi fotosuratdagi kiyimlarni topish uchun Style Match deb nomlangan juda oson tasvirni qidirish variantini taklif qiladi. Siz yangi suratga olishingiz yoki uni galereyadan yuklashingiz mumkin. Soʼrovingizni bajarish uchun bor-yoʼgʼi bir necha soniya kerak boʼladi va u natija koʼp xollarda aniq boʼladi.

Tasviringiz qayta ishlanganidan soʼng, ilova siz izlayotgan uslubga eng oʼxshash ASOS uslublarini tanlab oladi. Bu kamxarj boʼla turib, urfda boʼlishning ajoyib usuli. Ilova faqat har bir element boʼyicha qidiruv natijalarini taqdim etadi.

Bu ilova brend uchun yeng yaxshi dastur yemas, lekin, agar siz brend nomiga emas, kiyimning oʼziga koʼproq eʼtibor qaratsangiz, ASOS ajoyib variant. ASOSda 850 ta brend va 242 mamlakatga yetkazib berish xizmati mavjud.

  • Yuklab oling: Android uchun ASOS | iOS uchun ASOS (bepul)

6. Lykdat

Lykdat - rasmdan kiyimlarni topish uchun eng qiziqarli vositalardan biri. Afsuski, Lykdat hozirda Android va iOS uchun ilova sifatida mavjud emas. Buning oʼrniga uni veb-brauzerda ishlatishingiz kerak. Bu usuldan foydalanish juda oson.

Shunchaki saytni ochasiz va ekranning pastki qismidagi Qidiruv belgisini bosasiz. Keyin, telefoningizga saqlangan fotosurat yoki bir nechta fotosuratlarni yuklab (bular Instagram yoki Pinterest kabi joylarda yoki shaxsiy galereyangizdan topilgan rasmlar boʼlishi mumkin), rasmning kerakli qismini kesib olasiz, qolganini esa sayt bajaradi.

U internetdagi doʼkonlardan sizga oʼxshash mahsulotlarni topadi va siz qidirayotgan narsangizni topishga yordam beradigan koʼplab filьtrlarga yega. Natijalar, albatta, bir oz sekin boʼlishi mumkin, lekin buni sinab koʼrishga arziydi.

7. Teskari tasvirni qidirish ilovasidan foydalaning

Agar kiyim qidirish ilovasi orqali omadingiz kelmagan boʼlsa, uning oʼrniga umumiy teskari tasvir ilovasini sinab koʼring. Doʼstingizning Instagramdagi soʼnggi fotosuratidagi libosini aniqlash uchun unchalik foydali boʼlmasa-da, Internetda umumiy tasvirlarni qidirish uchun juda koʼp ajoyib xususiyatlarga ega.

Biz bularni va yana koʼp narsalarni teskari tasvirni qidirish uchun eng yaxshi ilovalar boʼyicha qoʼllanmamizda koʼrib chiqdik.

Ushbu ilovalarda siz fotosurat yuklashingiz yoki kamerangizdan foydalanishingiz mumkin va u sizga koʼplab natijalarni koʼrsatadi (masalan, Bing, Google, and Yandex orqali). U yerdan tegishli fotosuratlar yordamida teskari tasvirni qidirishni davom ettirishingiz yoki mukammal moslikni topmaguningizcha avtomatik yaratilgan qidiruv takliflaridan foydalanishingiz mumkin.

Bu eng tez yoki eng ishonchli variant emas, lekin baribir, oldindan olingan tasvirlar bilan ishlashda ajoyib imkoniyat.

AI tasvirni aniqlash vositasi yordamida endi siz savdo markazlarida libos rasmi bilan qidirib yurishingiz shart emas. Shunchaki telefoningiz yordamida kiyimni topish uchun jurnal muqovasidagi mashhur odamning yoki doʼstingiz suratini olishingiz kerak xolos.

Moda faqat boshlanishi. Siz kiyim-kechaklardan koʼra koʼproq narsani aniqlay olasiz. Telefoningiz gullar va jonzotlar turlarini, oziq-ovqat idishlarini rasmidan kelib chiqib nomlarini va boshqa qiziqarli maʼlumotlarni aniqlay oladi. Agar siz atrofingizdagi dunyoni skanerlamoqchi boʼlsangiz, yuqoridagi ilovalarni sinab koʼring.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04