Google Pixel Fold — eng qimmat va eng muvaffaqiyatsiz buklamafon(mi)?

Kuni kecha taqdim etilgan Google Pixel Fold bir nechta xususiyatlari tanqid ostiga olindi.

10-may kuni Google anʼanaviy konferensiyasida oʻtgan yil davomida erishgan yutuqlari va bir nechta yangi qurilmalarni namoyish etdi. Ular orasida Amerikaning Pixel Fold korporatsiyasining birinchi yigʻma smartfoni ham bor. Bunday qurilmalar allaqachon innovatsiya boʻlmay qolgan, Googleʼning yangi buklamafoni esa analoglaridan nafaqat ajralib turmaydi, balki bir nechta kamchiliklari borligi aytilmoqda.

Qulaylik darajasi

Buklamafonlar odatda smartfon va planshetning birlashgan koʻrinishi hisoblanadi. Buklanganda qurilma qoʻlda ushlash uchun qulay va choʻntakka osongina joylashishi kerak, ochilganida esa ekrani kattaroq kontentni qamrab olishi lozim. Ajablanarlisi shundaki, Google buklanadigan smartfonini qulaylik jihatidan yomon koʻrsatkichga ega.

Tashqi tomondan, Pixel Fold ixcham smartfondek tuyulishi mumkin. Bu uning uzunligi hisobiga, lekin uning eni buni aksini koʻrsatadi.

Pixel Fold buklanganda eni 79,5 millimetrni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, yaqinda chiqarilgan boshqa buklanadigan smartfonlarga qaraymiz:

  • Galaxy Z Fold4 — 67,1 mm;
  • Xiaomi MIX Fold 2 — 73,9 mm;
  • Vivo X Fold 2 — 73,4 mm;
  • TECNO Phantom V Fold — 72 mm;
  • HUAWEI Mate X3 — 72,4 mm;
  • OPPO Find N2 — 72,6 mm.

Pixel Foldʼning bunday hajmi aslida oʻrta va kalta uzunlikdagi barmoq uchun noqulay boʻlib, smartfon ishlab chiqaruvchilar buni hisobga olishadi. Google buklamafonining 79,5 mm qalinligi haqida Androidinsider.ru nashri muxbiri hazil tariqasida: “nega bundayligini Google bosh direktori Pichai Sundarning uzun barmoqlariga qarab tushundim”, deydi.

Pixel Fold ekrani

Koʻpgina yigʻiladigan qurilmalar singari, Pixel Fold ikkita ekranga ega: biri tashqi va ikkinchisi ichki. Bu tarafdan ham buklamafon yangilik qilmagan…yoʻq, adashibmiz: siz Pixel Fold ekran atrofidagi ramkalariga qarang. Ramkamisan ramka! Kompaniya bunday qalin ramka bilan buklamafon dizayn estetikasini qurbon qilgan xolos.

Pixel Fold xususiyatlari

Smartfon protsessori sifatida ishlatiladigan Tensor G2 ikki yil avvalgi Snapdragon 888 bilan teng ishlash imkonini beradi, lekin uning raqobatchisi Galaxy Z Fold4 ancha zamonaviy Snapdragon 8+ Gen 1 da, vivo X Fold 2 esa Snapdragon 8 Gen 2 da ishlashini hisobga olsak, bu tarafdan ham Google orqaga chekingan.

Kamera

Balki kamera xususiyati jihatidan Google raqobatchilaridan oʻzib ketgandir, degan umidda Pixel Fold tasvirga olish qobiliyatiga nazar tashlaymiz.

Ammo, Pixel Fold 48+10+10 MP konfiguratsiyasi bilan undan ham yaxshiroq sensorga ega Pixel 7 Pro ham DxOMark reytingida 6-oʻrinni egallaydi. 

  • TECNO Phantom V Fold akkumulyatori — 5000 mA/soat sigʻimga ega
  • Pixel Fold — 4800 mA/soat quvvatga ega.

Aytish kerakki, smartfonning quvvatlanish tezligi ham eng zoʻri emas: 30 Vt quvvatga ega Pixel Fold vivo X Fold 2 120 Vt adapter fonida sezilarli ballga yutqazadi. 

Google buklamafonidan oxirgi umidimiz uning narxida…

Pixel Fold narxi

AQSHda Pixel Fold 12/256 GB boshlangʻich versiyasi 1 799 dollar, 12/512 GB varianti 1 919 dollar turadi. Boshqa buklamafonlar narxlari:

  • TECNO Phantom V Fold — 1 099-1 222$;
  • Galaxy Z Fold4 — 1 314$;
  • HUAWEI Mate Xs 2 — 1 726$.

Moslashuvchan ekranli smartfonlar bozorida yangi mahsulotning paydo boʻlishi yaxshi. Ammo Googleʼning Samsung, HUAWEI, Xiaomi va hatto TECNO bilan tenglashishga intilishi, koʻrib turganimizdek, hozircha ilojsiz. 

Albatta, kompaniya iloji boricha bozorda ajralib turuvchi, premium tarif va sifatdagi smartfon ishlab chiqishga harakat qilgan. Umid qilamizki, keyingi taqdimotlarda “wow” gadjetlarni namoyish qilishga muvaffaq boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56