Galaxy S23 sotib olgan yaxshimi yoki Galaxy S24 kutgan afzalroq?

2023-yil fevral oyida chiqarilgan S23 seriyasi besh oydan beri mavjud. Biroq, undan keyin chiqariladigan Galaxy S24ni kutish kerakmi yoki S23ni eng mukammal Android telefonlardan biri sifatida xarid qilsa boʻladimi? Quyida ushbu savolga javob topamiz.

Yangi va ishonchli flagman smartfon izlayotganlar uchun Galaxy S oilasi 2023-yilning eng yaxshi Android telefonlaridan biri sifatida tavsiya etiladi.

Galaxy S23 va Galaxy S24: kutilayotgan farqlar

Rostini aytsam, hali Samsung Galaxy S24 haqida yetarlicha muhim insayder maʼlumotlari tarqalmagan. Biroq, bir nechta mutaxassislar taxminlari borki, ularga qarab bir qarorga kelish mumkin.

Samsung Galaxy S24 Snapdragon 8 Gen 3 SoC ga yangilanishi mumkin

Oʻtgan yil Samsung uchun katta oʻzgarish boʻldi, chunki kompaniya Galaxy S23 seriyasi foydasiga barcha hududlarda Exynos chiplaridan voz kechdi.

Taqdim etilajak Snapdragon flagmani haqida hali deyarli hech narsa bilmasak-da, mish-mishlarga koʻra, u faqat 64 bitli boʻladi. Shuningdek, u sunʼiy intellekt xususiyatlariga ega boʻlishi va Cortex-X4, A720 va A520 protsessorlari kabi eng yangi ARM protsessorlari bilan jihozlanishi mumkin.

Qizigʻi shundaki, baʼzi mish-mishlarga koʻra, Galaxy S4 Exynos 2400 chipsetiga ega cheklangan versiyaga ham ega boʻladi. 

Galaxy S24 Ultra 16 Gb gacha operativ xotiraga ega boʻladi

Galaxy S23 oilasi hozirda 8 Gb tezkor xotiraga ega, ammo Galaxy S23 Ultra variantida 12 Gb gacha operativ xotira mavjud. Kamida bitta manbaning taʼkidlashicha, Galaxy S24 Ultrada esa bu raqam 16 Gb gacha operativ xotiraga yetishi mumkin. Bu haqiqatga ancha yaqin maʼlumotlardan biri hisoblanadi.

Mazkur yangilikning davomi sifatida aytilishicha, Galaxy S24 va Galaxy S24 Plus 12 Gb tezkor xotira va 256 Gb ichki xotiraga ega boʻladi.

Kamera paketiga bir nechta kichik yangilanishlar va “katta” dasturiy taʼminot yaxshilanishlari kutilmoqda.

Galaxy S23 Ultra asosiy kamerasi ISOCELL HP2 tasvir sensori tufayli juda katta yangilanish oldi. Ammo bu keyingi modellarda ham oʻzgarmay qolishi mumkin, chunki Samsung bunday funksiyalarda bir necha modellarda saqlab turadi.

Ilgari Galaxy S24 oilasida Ultra modellarida 5x telefoto linzalari va yaxshilangan ikkilamchi telefoto linzalari mavjudligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Whistleblower Revegnus oʻshanda buni xatoligini aytib 3x telefoto linzalari oʻzgarmay qolishini aytgandi. Biroq, biz hali ham Ultraʼda 10x periskop obyektividagi oʻzgarishlarni koʻrishimiz mumkin. Xabar qilinishicha, u ushbu linzani 5x dan 10x gacha boʻlgan har qanday darajada yoʻqotishsiz kattalashtirishni taʼminlaydigan oʻzgaruvchan egilgan linzaga almashtiradi.

Taniqli insayder Yogesh Brarning taʼkidlashicha, kompaniya kamera uskunasiga katta oʻzgarishlar kiritmayotgan boʻlsa-da, dasturiy taʼminotda “sezilarli yaxshilanishlar” boʻladi. Yaʼni Qualcommning keyingi protsessori AI imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Mish-mishlarga koʻra, Samsung Galaxy S24 Ultra tezroq zaryadlanadi

Zaryadlash tezligi Samsung Galaxy S23 seriyasi uchun eng katta ogʻriq nuqtalaridan biri boʻlgan, ammo bu nihoyat oʻzgarishi mumkin. RGcloudS tomonidan Twitterʼda eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Samsung Galaxy S24 Ultra va Galaxy S24 Plus elektr transport vositalarida qoʻllaniladigan qatlamli akkumulyator dizayniga ega boʻladi. Xabar qilinishicha, ushbu dizayn 65 Vtgacha tezroq zaryadlash imkonini beradi.

Biz bunday tezlikdagi telefonlarni avval ham koʻrganmiz. Biroq, bu Samsung uchun katta yutuq. Batareya toʻplami konfiguratsiyasi yana bir qancha afzalliklarga ega boʻlishi mumkin, jumladan, ishlab chiqaruvchilarga katta batareyalarni kichik joyga toʻplash imkonini beruvchi energiya zichligini oshirish. Ushbu turdagi akkumulyator batareyaning ishlash muddatini va ish faoliyatini yaxshilaydi.

Kamchiliklarga kelsak, Galaxy S24 oʻzidan oldingi modeldagi 25 Vt quvvatga ega zaryadlovchi qurilmadan foydalanishi, ammo Samsung oʻzining 45 Vt quvvatga ega boʻlgan batareya dizaynini saqlab qolishi mumkin.

Galaxy S24 seriyasida dizayn oʻzgarishlari boʻladimi?

Aytganimizdek, hozircha Samsung Galaxy S24 haqida aniq maʼlumotlar juda oz. Biroq, dizayn butun seriya uchun asosan bir xil boʻlib qoladi, degan bir nechta mish-mishlar mavjud.

Galaxy S24 seriyasi qimmatroq boʻlishi mumkin

Samsung Galaxy S oilasi AQShda narxlarni uch yil davomida oʻzgartirmadi, garchi Galaxy S23 narxi Buyuk Britaniya va Yevropaning koʻp qismida qimmatlashgan boʻlsa ham. Bu shuni anglatadiki, Galaxy S24 seriyali narxlari 2024-yilda AQShda koʻtarilishi mumkin.

Galaxy S24 seriyasini kutishga arzirli sabablar

Samsung Galaxy S23 hali uzoq vaqt mijozlar eʼtiborida boʻladi. Lekin kelgusi seriyada kutishga arziydigan bir nechta taxminlarni keltiramiz:

Qoʻlingizdagi smartfoningiz yaxshi ishlamoqda — agar ayni paytda ishlayotgan telefoningiz yaxshi ishlayotgan boʻlsa, u holda S23 seriyasini sotib olishga shoshilmang, 1 yil kutsangiz, keyingi yilda yangi S24 seriyasini xarid qilishingiz mumkin boʻladi. 

Galaxy S23 chegirmalari

Siz S24 seriyasini olishga ishtiyoqmand boʻlmasangiz ham, keyingi yil bu seriya taqdim etilgan oldingi S23 ning narxlari tushadi va arzonroqqa olishingiz mumkin boʻladi.

S24 yaxshiroq boʻlishi mumkin(mi?)

Yangi seriya haqidagi tasdiqlangan maʼlumotlar koʻproq chiqishini kutish bilan siz S23 va S24 oʻrtasidagi farqni aniq bilib olasiz. Natijada yaxshigina pul sarflaganga yarasha, oʻzingizga mos tanlovni qila olasiz.

<br>

Galaxy S23ni hoziroq xarid qilish uchun sabablar

Tabiiyki, agar sizga hoziroq yaxshi Android smartfon kerak boʻlsa va qoʻlingizdagi telefon yaxshi ishlamayotgan taqdirda, 2024-yilni kutishdan naf yoʻq.

Narxlarning oshishi va kam chegirmalar

Garchi Galaxy S24 seriyasi paydo boʻlishi bilan oldingi S23 narxi pasayishi aniq boʻlsada, oʻrtadagi farq uncha katta boʻlmasligi mumkin. Shunday ekan, hozir oldingiz nimayu, keyin oldingiz nima?

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony'dan yangilik: Xperia 1 VI AI kamerasi va kuchli zum imkoniyatlari bilan
Sony Xperia 1 VI, yangi avlod flagman smartfoni, o'yin, audio va displey imkoniyatlariga kuchli e'tibor qaratgan holda taqdim etildi.
Smartfon
16 may, 11:59
Apple yangi katta yangilikka muhtoj: Tim Kukda gʻoyalar tugab qolgan
Yillar davomida yangi iPhone kabi mahsulotlar boʻlmasligi aniq boʻldi. Apple apparat kompaniyasi hisoblanadi va Kuk bozorda shov-shuvli miqyosdagi boshqa mahsulotni chiqara olmadi.
Texnologiya
15 may, 18:20
Yangi Cobalt qachondan sotuvga chiqishi ma'lum boʻldi
Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning ichki dizayni va tashqi koʻrinishi hamda narxi hozircha noma'lum.
Avto
14 may, 12:29
OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.
2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.
AI
14 may, 06:57