“Aytishniklarning klassik muammosi” — ijtimoiy tarmoqlarga chalgʻimaslikning yechimi topildi
Tahlil
24 mart, 13:04
Kaliforniyalik dasturchi Kemeron Perrinning ish paytida qisqa muddat ichida diqqatni vazifaga qaratish uchun “monk mode” rejimini ishlab chiqdi.
26 yoshli aytishnikning aytishicha, u oldinlari juda tez chalgʻib qolar va natijada ishdagi qilayotgan vazifasi kechikar yoki eng oson topshiriqlari ham uzoq vaqtda qilib topshirardi:
“Kuzatishlarim natijasida, shaxsan oʻzim tez-tez ish jarayonida beixtiyor ijtimoiy tarmoqlarga kirgan, turli mavzudagi maqolalarni oʻqiyotgan yoki internetda maqsadsiz oʻtirgan boʻlib chiqardim”, — dedi u Business Insider nashriga bergan intervyusida.
Bu holat vaqtining asosiy kushandasi va ish samaradorligining tushib ketishiga sabab boʻlayotganini anglagan dasturchi ishlash tartibini oʻzgartirdi.
“Buning uchun kichik vazifalardan boshlab bosqichma-bosqich kattalariga oʻtishga kirishdim. Avval eng kam vaqt talab qiladigan va kichik vazifalar, bora-bora murakkabroqlariga oʻtiladi, faollik asta-sekin kuchaytirib boriladi”, — dedi Perrin.
Dasturchi birinchi marta ingliz tilida “monk mode” (“rohib rejimi”) deb nomlanadigan yangi ish uslubini 2022-yil fevralida sinab koʻrdi.
“Diqqatni jamlash uchun avvaliga ikki soatga barcha eʼtiborimni tortishi mumkin boʻlgan omillarni bartaraf qildim. Atigi 2 soat ichida telefonim bildirishnomalarini oʻchirdim, stolim ustidagi barcha ortiqcha buyumlarni olib tashladim, kompyuterimdagi ijtimoiy tarmoq saytlarini yopdim”, dedi amerikalik aytishnik.
Perrinning aytishicha, ish samaradorligi shunda juda tez sezilgan.
“Men bir kun ichida bir haftada bajarganimdan koʻra koʻproq vazifalarni bajardim. Aslida esa ish uchun oldingidan kamroq soat sarflagan boʻlib chiqdim! Men ish kunimni toʻqqiz-oʻn soatdan taxminan olti-yetti soatga qisqartirdim”.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya

NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle