Apple TV+ “Tetris” filmi treylerini taqdim etdi
Tahlil
17 fevral, 19:33
Apple TV+ mashhur boshqotirma video-oʻyinining kelib chiqish tarixiga asoslangan “Tetris” filmining birinchi treylerini chiqardi.

Film bosh qahramoni — amerikalik video-o‘yinlar sotuvchisi Xenk Rojers rolini “Qora qush” aktyori Taron Egerton ijro etdi. Syujet markazida Rojersni Tetris o‘yinini tarqatish huquqini qoʻlga kiritishi haqidagi hikoyasi turadi.
Sovuq urush oxirida Rojers Sovet Ittifoqiga ixtirochi Aleksey Pajitnov (Nikita Yefremov) bilan uchrashish uchun boradi. Biroq oʻyin Sovet Ittifoqi fuqarolariga tegishli boʻlganligi uchun kommunistik qonunlarga koʻra, bosh qahramon Sovet rejimi bilan bevosita muzokara olib borishi kerak boʻladi.
“U o‘yinni dunyoga tanitish maqsadini amalga oshirish jarayonida xavfli yolg‘onlar va korrupsiya to‘riga ilindi”, — deb yozdi Apple film tavsifida.
Tetris kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, Tetris 1984-yilda yaratilgan va shundan beri 520 million nusxadan ortiq sotilgan.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya

Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar

Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle

Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya