2023-yilda eng arzon iPhone smartfonlari

Quyida iPhone 14 seriyasi oʻrniga xarid qilish mumkin boʻlgan eng yaxshi “keksa” ayfon modellarini tavsiya qilamiz. Ularni hatto Apple’ning o‘zidan bevosita arzon narxga xarid qilish mumkin.

Eng yaxshi arzon ayfon: iPhone SE (2022)

Rostini aytadigan boʻlsak, iPhone SE koʻp jihatdan eskirgan. Unda hali ham Menu (домой, Home) tugmasi mavjud, Face ID oʻrniga Touch IDʼdan foydalanadi, tepa va pastki qismida ulkan ramkalar mavjud. Uning kamerasi, zaryadlash va displey texnologiyalari iPhone 14 nikidek yaxshi emas, bundan tashqari, hatto 128 Gb kamlik qilayotgan bir paytda, 64 Gb lik asosiy konfiguratsiya xotira tabiiyki cheklangan.

Buning arziydigan jihati shundaki, 429 dollarga siz hali ham 5G uyali aloqa, iPhone 14ʼdagi bir xil A15 Bionic protsessor va IP67 suvga chidamliligi kabi xususiyatlarga ega boʻlasiz. U iOS ilovalarining aksariyati, jumladan, ilovalar bilan ishlaydi va baʼzi odamlar boshqa modellarning 6 dyuymli yoki undan kattaroq oʻlchamdagi ekranidan ixcham 4,7 dyuymli ekranni afzal koʻrishadi.

Haqiqatan ham, 2022 SEʼning yagona “minusi” — bu Appleʼning sentyabr oyida iPhone yangilanishi va fotosuratlar sifati. SE kam yorugʻlikda suratga olishda unchalik yaxshi emas va ultra keng yoki telefoto linzalari yoʻq.

Ikkinchi oʻrin: iPhone 13

Bu yerda iPhone 13 ni koʻrish gʻalati tuyulishi mumkin, ammo sir shundaki, iPhone 14 aslida kichik yaxshilanishlarga ega boʻlgan qurilma, yaʼni avariyalarni aniqlash, fotonik dvigatel, sunʼiy yoʻldosh orqali favqulodda SOS qoʻngʻirogʻi va oʻzgartirilgan A15 protsessori hamda qoʻshimcha GPU yadrosiga ega. Aksariyat odamlar hech qachon farqni sezmasligini hisobga olsak, iPhone 14 oʻrniga iPhone 13 olib 100 dollarni tejagan foydaliroq.

iPhone 12 yoki undan kattaroq modellarni sotib olish qanchalik manfaatli?

iPhone 12 hozirgacha kompaniya tomonidan rasman sotiladi va qoʻllab-quvvatlanadi, u Face ID, 6,1 dyuymli ekran hamda kam yorugʻlikda yaxshiroq suratga olish kabi jihatlari bilan iPhone SEʼdan ustundir. Biroq, u SE bilan bir xil saqlash darajalari va sekinroq A14 protsessoriga ega. Narxi — Apple kompaniyasining oʻzidan xarid qilganda 599 dollar turadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23