Zamonaviy koʻrinish va yangilangan strategiya: Nokia logotipini oʻzgartirdi
Smartfon
27 fevral, 10:25
Kompaniya so‘nggi 60 yilda ilk bor logotipini o‘zgartirdi

Finlyandiyaning telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaruvchisi Nokia kompaniyasi oʻz strategiyasi va logotipini oʻzgartirdi.
Bu haqida kompaniya saytida maʼlum qildi:
“Kompaniyaning yangi logotipi joʻshqin, dinamik va zamonaviy Nokia timsoli boʻlib, uning qadriyatlari va missiyasini oʻzida aks ettiradi. U hamkorlik ramzi hisoblanadi”.
Brendning yangilanishi kompaniya strategiyasining ham oʻzgarishi natijasi hisoblanadi. Endilikda Nokia barcha segmentlarda texnologiya yetakchiligiga intilishni rejalashtirmoqda.
Xususan, kompaniya tarmoqlar sohasida faol rivojlanishni davom ettirishni rejalashtirmoqda va.. nima deb oʻylaysiz? — allaqachon, 6G mobil aloqasini yaratish boʻyicha tadqiqotlarni boshlab yuborgan.

“Biz bugungi kunda B2B texnologiya innovatsiyasida yetakchi ekanligimizni namoyish qilish uchun brendimizni yangilamoqdamiz. Bu oʻsha siz-u biz bilgan Nokia nomi, lekin endigi Nokia oldingisidan mutlaqo farq qiladi — bunisini hali dunyo koʻrgan emas”, — kompaniya prezidenti Pekka Lundmark.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya

NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle