Yangi smartfon: Samsung Galaxy F15 rasman chiqdi
4-mart kuni sotuvi Hindistonda boshlangan smartfon hademay jahon bozorida paydo boʻladi.
Yangi gadjet 6000 mA/soat akkumulyator, 4 Gb tezkor va 128 Gb flesh-xotiraga ega. Asosiy versiyaning narxi bor-yoʻgʻi 195 dollar. Uning 6/128 GB hajmli “ukasi” 10 dollarga qimmatroq xolos.
Ushbu qurilma diagonali 6,5 dyuymli Super AMOLED ekranga ega. Oʻlchami Full HD+, kadr tezligi esa 90 Gts. Uskuna platformasi MediaTek Dimensity 6100 SoC ga asoslangan.
Smartfon One UI 6.0 interfeysi bilan Android 14 da ishlaydi. Samsung Galaxy F15 uchun 5 yil kafolatlangan texnik qoʻllab-quvvatlashni vaʼda qilmoqda. U toʻrtta Android yangilanishiga ega va yana bir yil davomida xavfsizlik yangilanishlari bilan kuchaytirilib boradi.
Yangi mahsulotning asosiy kamerasi 50, 5 va 2 megapikselli, old kamerasi esa 13 megapikselli detektorga ega. Gadjet 5G modem, yon tomoniga oʻrnatilgan barmoq izlari skaneri, microSD karta uyasi va standart eshitish slotiga ega. Zaryadlash quvvati 25 Vt, lekin zaryadlash qurilmasini alohida sotib olish kerak boʻladi.
U toʻrtta rangda boʻladi: Awesome Lilac, Awesome Navy, Awesome Ice Blue va Awesome Lemon.