Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.

Katta ekran, kuchli batareya
4.1 dyuymli tashqi ekran (oldingi modelda 3.4 dyuym edi) va tor chetlari tufayli foydalanish qulayroq boʻldi. Bundan tashqari, 4300 mA/soatli batareya uzoq vaqt quvvat bilan taʼminlaydi.
Yangi avlodda — yanada ingichkaroq, qulayroq
Galaxy Z Flip7 oldingi modellarga qaraganda yanada yengil va yupqaroq bo‘ldi. Uning qalinligi buklangan holatda atigi 13.7 mm, og‘irligi esa 188 gramm. Endi telefonni cho‘ntakda yoki kichik sumkada olib yurish oson — bu mobil hayot tarzini afzal ko‘ruvchilar uchun ayni muddao.
Yuqori darajadagi mustahkamlik

Telefonning tashqi qoplamasi Gorilla Glass Victus 2 shishasidan yasalgan bo‘lib, u tushib ketish va tirnalishlarga qarshi yaxshi himoya qiladi. Yangi, yanada ingichka armaturalangan menteşa (bukiladigan qismi) esa uzoq muddatli foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qurilma IP48 standartidagi chang va suvga chidamliligi bilan ham ajralib turadi.
Tabiatga ehtiyotkorona yondashuv
Samsung o‘z mahsulotlarida ekologiyaga zarar yetkazmaslikka ham katta e’tibor qaratmoqda. Galaxy Z Flip7 tarkibida 9 turdagi qayta ishlangan material ishlatilgan, jumladan qayta ishlangan litiy ham. Telefon qutisi esa 100% qayta ishlangan qog‘ozdan tayyorlangan.
Galaxy Z Flip7 nafaqat zamonaviy texnologiyaning namunasi, balki inson ehtiyojlari va atrof-muhitni inobatga olgan holda yaratilgan innovatsion mahsulotdir. Samsung bu model orqali yana bir bor bukiladigan telefonlar sohasida yetakchilik qilayotganini isbotladi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar



