Xiaomi Lamborghini uslubidagi smartfonni namoyish etdi

Redmi va Lamborghini oʻrtasidagi hamkorlik yanada kuchaymoqda: bu ularning ikkinchi loyihasi.

Xiaomi, 19-iyulda boʻladigan rasmiy taqdimotdan oldin, Redmi K70 Ultra flagmanining maxsus versiyasi Champion Editionni namoyish etdi. Bu yangi model Lamborghini Huracan Super Trofeo EVO2 sportkaridan ilhom olgan va uning rang-barang dizayni zaytun va apelsin ranglarida sizni hayratda qoldiradi. Cheklangan nashr Redmi K70 Ultra'dan kameralar blokinin noyob shakli, Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchisining ramzi, karbon materiallari va oltin qoplamali ob'ektivlar bilan ajralib turadi.

Qurilmaning komplekti ham diqqatga sazovor: unda 120 Vt quvvat bloki, maxsus dizayndagi himoya qobiqi va SIM-karta olish uchun skrepka mavjud. Telefon qutisi ham shu oʻziga xos uslubda bezatilgan.

Hozircha Xiaomi yangi qurilmasining barcha xususiyatlarini ochiqlamagan, lekin taxminlar boʻyicha, Redmi K70 Ultra Champion Edition avvalgi Redmi K70 Ultra modeliga oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlishi kutilmoqda. Dasturiy yangiliklarga kelsak, yangi smartfonda sportkar ikonkalari va fon rasmlarini oʻz ichiga olgan maxsus tizim mavzusi mavjud. Eslatib oʻtamiz, Redmi K70 Ultra modeli oʻzining kuchli Mediatek Dimensity 9300+ chipseti (AnTuTu'da 2,3 milliondan ortiq ball toʻplagan), 24 GBgacha boʻlgan RAM va 1 TBgacha ichki xotirasi bilan tanilgan. Asosiy kamera 50 MP boʻlib, Sony IMX906 sensori bilan jihozlangan, shuningdek, qoʻshimcha 8 MP va 2 MP kameralar ham mavjud.

Bu qurilma ajoyib 144-gertsli OLED ekranga ega, 1,5K aniqlikda tasvir koʻrsatadi va 5500 mAh quvvatli batareyasi 120 Vt tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, u IP68 standarti asosida suv va changdan himoyalangan.

Redmi K70 Ultra'ning ajoyib bir jihati Pengpai T1 chipidir, bu chip Wi-Fi ishlashini 12%, GPS ishlashini 20% va 5G Wi-Fi signalining kuchini 58% oshirish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, smartfonning Furious Engine texnologiyasi bor, bu oʻyinlarni 1,5K aniqlikda 120 fpsgacha "tezlashtirish" imkoniyatini yaratadi, shu tufayli oʻyinlarni yanada yaxshi va silliq oʻynash mumkin.

Narx va mavjudligi

Redmi K70 Ultra Champion Edition narxi hali e'lon qilinmagan. Yangilik narxlari 19-iyulda boʻladigan taqdimot vaqtida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47