Sotib olish tavsiya etilmaydigan Samsung telefonlari maʼlum qilindi (roʻyxat)

Maʼlum qilinishicha, Samsung kompaniyasi bir qator smartfon va planshetlarini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi. Xavfsizlik yangilanishlari endi 2019-yil aprelidan oldin chiqarilgan bir nechta smartfon va planshetlarda mavjud boʻlmaydi. Biroq, ularning baʼzilari yil oxirigacha bir marta yangilangan dasturiy taʼminotga ega bo‘lishi mumkin.

Soʻnggi paytlarda Samsung dasturiy taʼminotni eng uzoq qoʻllab-quvvatlovchi va turli narx segmentlarida Android smartfonlari ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida anchagina obroʻ orttirdi. Hozirda Samsung qurilmalari 5 yil davomida xavfsizlik yangilanishlari bilan taʼminlanadi.

Biroq, eng qimmat boʻlmagan baʼzi modellarni qoʻllab-quvvatlash muddati 4 yil xolos. Shunday qilib, ayni paytda dasturiy taʼminot qoʻllab-quvvatlanishi toʻxtatilgan Samsung modellari quyidagilar ekanligi maʼlum qilindi:

  • Galaxy A10;
  • Galaxy A20;
  • Galaxy A40.

Bundan tashqari, baʼzi planshetlar ham eskirgani aytildi:

  • Galaxy Tab S5e;
  • Galaxy Tab A 10.1;
  • S Pen bilan Galaxy Tab A.

Yuqoridagi barcha qurilmalar 2019-yil aprelidan oldin chiqarilgan. Galaxy A10 va A40 soʻnggi xavfsizlik tuzatishlarini shu yilning mart oyida, Galaxy A20 esa dekabrda oladi.

Biroq…

Biroq, gadjetlar funksionalligini umuman yoʻqotmaydi. Qurilmalarning har biri Android 11 operatsion tizimida ishlaydi, u Google Play doʻkonida mavjud deyarli barcha ilovalarni ishga tushiradi.

Boshqa tarafdan, yurtimizning barcha hududlarida ham 5G internet tezligi yoʻqligini hisobga olsak, mazkur modellarni yangisiga almashtirishdan unchalik ham maʼno yoʻq.

Ammo, siz hali ham Samsung Galaxy A seriyasini yangilash haqida oʻylayotgan boʻlsangiz, yangi Galaxy A24 yoki Giglink.uz saytida tanishtirib borilayotgan modellardan birini xarid qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25